Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sovg‘aning «rangi» ham ma’no anglatar ekan

Sovg‘a uchun biror narsa tanlaganda va uni bezak-qog‘ozga o‘raganda qanday rang tanlashingiz ko‘p narsani bildirishi mumkin.

Sariq. Quyosh rangli sovg‘a ko‘pincha onalardan bolalarga tortiq qilinadi. Bu rang – his-hayajonni bildiradi, sovg‘a beruvchi ham shunday ehtirosli.

Yashil. Sovg‘a beruvchining nazdida siz – ozodlikni sevuvchi shaxssiz. U tug‘ilgan kun egasini nima bilandir hayratga solmoqchi.

Siyoh rang. Sovg‘a qiluvchi hayajondan uzoq, yoki aksincha, tan olinmagan dono bo‘lishi mumkin.

Malla. Sovg‘a beruvchi sovg‘a qabul qilayotgan kishi davrasida o‘zini juda erkin his qiladi, uni xushfe’l, muloyim kishi deb biladi. Mallarang sovg‘a – muloqotni davom ettirish istagi.

Qora. Sizni biroz tund va hatto yoqimsiz shaxs deb bilishadi. Qora sovg‘a, sovg‘a qabul qiluvchiga qarata chaqiruv bo‘lishi mumkin.

Ko‘k. Sovg‘a oluvchi iqtidorli, aqlli va xotirjam kishi. Bu sovg‘a unga nisbatan havasni ifodalaydi.

Kulrang. Sovg‘a beruvchi sizni yorqin shaxs deb biladi, lekin sizga nisbatan kuchli e’tibor his qilmaydi. Uning sovg‘asi shunchaki…

Qizil. Sovg‘a beruvchi sizni juda hurmat qiladi, unga yoqasiz ham. Qizil rangdagi sovg‘a – uning e’tiboringizni qaratishga bo‘lgan urinishi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 25.10.2017 16:48
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz