Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Taqinchoqqa qarab, fe’lingizni aytamiz! (Ayollar Uchun)

TABIIY TOSHLAR

Fikrlashi keng, o‘ziga ishongan va hamisha o‘ylaganini amalga oshiradigan ayollarning tanlovi. Bu toifa xonimlar maqsadlari sari intilishdan cho‘chimaydilar. Atrofdagilarning gap-so‘zlariga ham parvo qilishmaydi. Ammo kezi kelganida asablarini jilovlashlari qiyin.

BEZAK IPLARI ISHLATILGAN BO‘LSA…

Braslet, zirak yoki bo‘yinga taqiladigan taqinchoqlarning biser munchoqlari, turli bezak iplardan ishlanganlari juda ko‘p. Bu turdagi taqinchoq ixlosmandlari atroflarida qulaylik bo‘lishini istashadi. O‘zlarini ortiqcha urintirishni yoqtirishmaydi. Sezgi qobiliyatlari kuchli. Birovga bildirmasalar-da, xafa bo‘lishlari oson.

METALLDAN…

Ushbu turdagi taqinchoqlar bugun urfda. Agar siz ham metalldan ishlangan braslet yoki ziraklarni tanlasangiz, demak o‘zingizni qandaydir himoyasizdek sezasiz. Rejangiz aniq, ammo uni amalga oshirishga nuqul ikkilanasiz. Dadil bo‘ling! O‘z fikringizni shakllantiring.

KATTA TOSHLILARI

Agar bu turdagi taqinchoqni o‘zini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtiradigan xonimlar tanlaydi desangiz, adashasiz. Katta toshli uzun yoki brasletlar o‘ziga ishongan va boshqalarning fikriga quloq tutmaydigan ayollar tanlovi.

KLASSIKA

Odatda bunday taqinchoqlar nafis va bejirim ishlangani, qolaversa, oddiyligi bilan ajralib turadi. Klassik uslubidagi zirak, uzuk yoki braslet sohibi did bilan kiyinadi, hayotda oddiylikni yoqtiradi. Bunday ayolning egnidagi bejirim ko‘ylak, aslida, juda qimmat turishi mumkin, ammo u buni eng yaqin dugonasi ham bilmasligi mumkin.

NOODATIY USLUB…

Uzuk ko‘ziga qo‘nib turgan kapalak, braslet ipiga qadalgan yomg‘ir tomchisi kabi usullar taqinchoqqa noodatiy ko‘rinish beradi. Bunday taqinchoqlarni esa boshqalardan ajralib turishni istaydigan qiz-ayollar tanlashadi. Shuningdek, noodatiy tanlov ko‘pincha kiyinish uslubini topolmayotgan xonimlarda qam uchrab turadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 28.09.2016 21:53
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем
Zooooo'rrr biggrin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz