Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xayoliy xiyonatning 9 belgisi

Xiyonatni har kim har xil tushunadi. Ayrim ayollar uchun erlarining hamkasabasi bilan birga tushlik qilishi ham xiyonat hisoblansa, boshqalar erining ochiqchasiga birov bilan yurishiga ham e’tibor bermaydi.  Xayoliy xiyonat bu—jinsiy xiyonat emas, biroq erkak yoki ayolning “uchinchi shaxs” bilan xayolan o‘ta yaqinligi. Aksariyat psixologlarning fikricha, xayoliy xiyonat ham oilalar buzilishiga jinsiy xiyonatdan kam ta’sir o‘tkazmaydi. Quyidagi belgilar bilan tanishib, siz nikohingizga “uchinchi shaxs” xavf solayotgani yoki unday emasligini aniqlab olishingiz mumkin.

1. Eringizning telefonida uning uchun maxsus musiqa o‘rnatilgan

U qo‘ng‘iroq qilayotganini eringiz maxsus, uning uchun o‘rnatilgan musiqadan biladi. Bu haqda so‘raganingizda esa eringiz bu qo‘shiq ularning “umumiy qo‘shig‘i” ekanligi bilan izohlaydi.

2. Ularning ikkalasigina tushunadigan xazillari bor. 

Bunday hollar hamkasblar o‘rtasida bo‘lishi tabiiy hol. Biroq sizning qiziquvchanligingizga “Sen buni tushunmaysan” deb javob berishsa, demak bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishning fursati keldi.

3. U sizni u bilan solishtiradi

Agar eringiz sizdagi qaysidir xislatni unikidan ustun qo‘yishini aytsa ham, bu tashvishlanish uchun asos bo‘ladi. U siz va “uchinchi shaxs” ni solishtiryapti.

4. U tasodifan sizni uning ismi bilan chaqirib yubordi

Agar bu holat jinsiy yaqinlik paytida kuzatilsa, demak eringiz u haqda o‘ylayapti.

5. Kutilmaganda uning yangi xobbisi paydo bo‘ldi

Kap-katta odamlar shunchaki yangi mashg‘ulotga qiziqib qolishmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishning ortida aslida boshqa maqsadlar bo‘lishi mumkin.

6. U sizlarning do‘stlashishingizni xohlashini aytadi

Keyinroq esa sizlar uchrashib qolmasliklaringiz uchun qo‘lidan kelgan barcha chora-tadbirlarni qo‘llaydi. Siz uchrashib qolishingiz mumkin bo‘lgan holatlarda esa har safar rejalar o‘zgaraveradi. U sizlar bir-biringizni ko‘rib qolishingizni ham istamaydi.

7.  Eringiz uning eri unga munosib emas deb hisoblaydi

Eringiz uning yaxshiroq insonga munosibligini aytadi.  U bu harakati bilan uni sevib qolganini tan olgisi kelmayotganini bildirib qo‘yadi.

8. Eringiz uni taniganiga 5 yil ham bo‘lmadi, biroq u eringizga singlisidek bo‘lib qolgan.

 

Bu juda shubhali holat.

9. Eringiz u bilan do‘konlarga boradi

Ha, bu jinsiy yaqinlik emas. Biroq, yangi kiyim kiyib ko‘rish juda yaqin munosabatlarni boshlab berishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bu narsalar alohida-alohida ko‘rinishda xavfli bo‘lmasligi mumkin. Biroq, turmush o‘rtog‘ingizda mana shu belgilardan bir nechtasini kuzatsangiz, xavotirlanishingiz uchun asos bor.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 10.10.2016 21:43
- Категория: Oilaviy Maslahat!, Psixologiya, Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем
vo juda ajozib faktlar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz