Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xayolparastlikdan qanday qutulish mumkin?

Savol: Judayam xayolparastman. O‘zimcha sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har xil vaziyatlarni o‘ylayveraman, xayolan odamlar bilan gaplashaman. Faqat xayoldagina o‘zimni o‘zim istagandek tutishim mumkin. Lekin xayolparastligim pand berib qo‘yayapti. O‘zimga yuklatilgan vazifalar esimdan chiqib qolayapti. Yolg‘iz qolib faqat xayol surib o‘tiraversam, real xayotga qaytishim qiyin bo‘lib qoladi. Eng yomoni, endi tanish-bilishlar ham menga charchadingiz,biroz dam oling deb ko‘p takrorlashayapti. Ishxonadagilar menga allaqachon “ajoyib xayolparast” deb laqab qo‘yib olishgan. Qanday qilib bu odatimdan voz kechishim mumkin? Hadeb xayol surishning zarari yo‘qmi?

Javob: Sizning ahvolingiz o‘zingiz o‘ylaganchalik, qo‘rqinchli emas. Axir o‘zingizda ruhshunosga murojat qilishga kuch topdingiz. Sizdagi xayolparastlik ruhiy yoki jismoniy jarohat natijasida paydo bo‘lgan. Balki bunga ancha vaqt bo‘lib, siz uni unutgandirsiz. Ammo ayrim “yaralar” insonni bir umr qiynashi amaliyotda ko‘p marta tasdig‘ini topgan.
Bir qarashda, xayolparastlikning hech qanday yomon joyi yo‘q. Ammo har doim “osmonda”, o‘z xayollaringizga bandi bo‘lib yursangiz, “ijodiy parvozdan” real hayotga qaytganingizda miya bu o‘zgarishdan charchaydi. Chunki tabiiyki, xayol va hayot bir-biridan uzoq, ayrim hollarda, bir-biriga mutlaqo zid holatlarni ifodalaydi.

Balki siz o‘zingiz kim bo‘lishni hoxlasangiz, o‘sha odam bo‘lolmaganingiz uchun ichingizda alam bordir. Shuning uchun ham, o‘zingizni faqat xayollaringizda kashf qilayotgandirsiz. Ammo xayol va hayot bir xil emas. Ruh va tana bir yo‘ldan yurmas ekan, vujud ham, qalb ham bundan qiynaladi. O‘zingizni qiynash yoqimli mashg‘ulot emas. Shuning uchun reallikka ochiq ko‘z bilan qarang.

Xayolparastlikdan qutulish uchun kundalik reja asosida ish olib borishga harakat qiling. Doim bajargan ishlaringizni yozib boring va ularni rejangiz bilan solishtirib turing. Kundalik tutish yaxshi odat.

Ayrim hollarda xayolparastlik qo‘rquv belgisi hisoblanadi, ichingizdagi qo‘rquvni yo‘qotibgina, xayolparastlikdan qutulishingiz mumkin.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 23.11.2017 20:55
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz