Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yolg'onni aniqlash usullari haqida

Yolg’on gapirish, ma’lumotni yashirish holatlari, bir so’z bilan aytganda, suhbatdoshlarning soxtaligini bildiradi. Insoniyat rivojining turli davrlarida haqiqat va yolg’onni aniqlashning turfa uslublari mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda ham rivojlangan mamlaktlarda insondagi soxtalik hamda yolg’onni aniqlash muammosini hal etadigan o’ta zamonaviy vositalarni yaratishga harakat qilinyapti. Quyida esa bilim va intuitsiya orqali yolg’onni haqiqatdan ajrata olish uchun ba’zi tavsiyalar sizning e’tiboringizga havola etiladi.
Suhbatdoshdagi o’zgarishlarni sezish, ko’rish, tahlil qila olish uchun shaxs o’zida kuzatuvchanlik va empatiyani rivojlantirishi lozim. Sezgir suhbatdosh suhbatdan bir necha muddat oldin uchrashuv joyi hamda vaqtini belgilab turib, hamsuhbatini xonaning yorug’roq qismiga joylashtiradi, o’zi esa soya tomonni tanlaydi. Suhbatdoshni bunday joylashtirish uning yuzidagi mimika va rang o’zgarishlarini bemalol kuzatish, tahlil etishga imkon beradi. Psixologlarning ta’kidlashicha, yuziga nur tushib turgan shaxslar samimiyroq gapirishadi, kamroq yolg’on ishlatishadi. Vegetativ o’zgarishlarni aniqlashda ko’z muhim ahamiyatga ega. Quvonchli, mamnun paytlarda shaxsning ko’z qorachiqlari kengayadi, ko’z oqi sof bo’ladi. Turkiya va Xitoy savdogarlari bunday o’zgarishlarga katta ahamiyat qaratadilar. Savdogarlar rastada turgan biror buyum ma’qul bo’lgan shaxsning ko’z qorachiqlari kengayganini sezib qolishsa, shu buyumni maqtashga tushadi, uni xaridor qo’liga tutqazadi, o’z navbatida narxini ham oshirib yuboradi. 
Yolg’onni aniqlashda yuz ham muhim rol o’ynaydi. Agar inson yurakdan kulmasa, uning faqat og’iz, lab va jag’ mushaklari harakatga keladi. Biroq peshona, qosh, ko’z atrofidagi mushaklar kulgiga mos harakatlanmaydi. Soxta tabassumni tahlil qiladigan bo’lsak, bunday tabassum yuzning o’ng tarafida ko’proq namoyon bo’ladi. Demak, bu shaxs xursandligini ko’rsatishga intilyapti, lekin ich-ichidan quvonmayapti. Agarda sizning suhbatdoshingiz ko’proq chap qo’lini yoki umuman istalgan chap tarafdagi tana qismlarini harakatlantirib gapirsa, undan shubhalanishingiz kerak. Chunki u ishonchsiz yoki sizni xushlamaydi. Chap qo’l uncha jismoniy rivojlanmagan va ong osti bilan boshqarilib, haqiqiy tuyg’ularni “sotib” qo’yadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 22.02.2015 23:40
- Категория: Psixologiya, Sinab Ko'ramiz!
Рекомендуем
Juda kerakli, qoyilman
E qoyil

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz