Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
«13» nega bexosiyat raqam?

AQSh iqtisodi har yili oyning 13 sanasi haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelganida bir necha yuz ming dollarlik zarar ko‘radi. Boisi «13» raqamidan ko‘rquvchi millionlab amerikaliklar shu kuni uydan chiqmaslikka harakat qilishadi. Hatto har gal oyning 13-sanasida ishga bormaydiganlar ham bor ekan.

Bilib-bilmasdan «13» raqami ostida navbatda turib qolsak yoki shu sanada biror ish boshlasak, irim qilib, ich-ichimizda norozi kayfiyat uyg‘onadi.

Triskaydekafobiya (yunon tilida: «tris» – uch, «kai» – va, «deka» – o‘n) ko‘proq tabiatan fe’l-atvorida vahima kuchli o‘rin egallagan insonlarda kuzatiladi. «Triskaydekafobiya» so‘zi ilk marotaba ruhshunoslar tomonidan 1911 yilda ishlatilingan.

Xosiyatsiz «13» haqida turlicha fikr-mulohaza va taxminlar yuradi. Buning mohiyati nasroniylik dini bilan bog‘lanadi. Injil kitobida yozilishicha, Isoga xiyonatda ayblangan Iuda «Sirli kecha» voqeasida stol atrofida o‘tirganlarning eng so‘nggisi, ya’ni 13-si bo‘lgan.

Yana boshqa bir taxminga ko‘ra, 12 to‘la-to‘kislik ramzi bo‘lib, yil 12 oydan, 12 ta burj, kun 12 soatdan iborat.

Yana bir o‘rinda bu miloddan avvalgi 1780 yilda yozilgan «Hammurapi qonuni» bilan bog‘lanadi. Shoh Hammurapi ushbu qonunlarni tartiblashda «13» raqamidan foydalanmagan ekan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, amerikaliklarning 9-10 foizi bu kasallik bilan og‘riydi va muntazam ravishda dori-darmon qabul qilib, ruhshunoslarga murojaat qilishadi. Shu sababli, Amerikadagi ko‘plab mehmonxona, jamoat joylarida, ko‘p qavatli uylarda «13» raqami tashlab ketiladi yoki uning o‘rniga «12+1″,»1+3» degan yozuv tushiriladi.

Sharq an’analariga ko‘ra, misol uchun Xitoy va Misrda «13» raqami xosiyatli hisoblangan. Xitoyliklar orasida tetrafobiya, ya’ni «4» raqamidan qo‘rqish avj olgan. Italiyada ham «13» baxtli raqam bo‘lib, ayniqsa italyanlar ovqatlanish shahobchalarida 13-raqamli stolda o‘tirish xosiyatli ekaniga ishonishadi.

Nima bo‘lganda ham,»13″, bu – shunchaki raqam va undan qo‘rqishning keragi yo‘q. Sizga ham shuni maslahat beramiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 22.05.2016 14:31
- Категория: Qiziqarli Faktlar
Рекомендуем
Shunchaki irim
Kutilmagan malumot
Malumot uchun raxmat
Rahmat ajoyib ma'lumot

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz