Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkak va ayol miyasi o’rtasida farq!

Surrey Universiteti biologlari tsirkad ritmi uyqu va bedorlik tsikli buzilishi erkaklarga nisbatan ayollarga ko’proq ziyon yetkazishini aniqladi. Bunda ayollarning mehnat samaradorligi pasayib ketadi.

Mazkur holat asosan tungi navbatchilikda ishlaydigan, jumladan hamshira, qo’riqchi va politsiya xodimlariga tegishli. Tadqiqot natijasi Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.

Tajribada 16 nafar erkak va 18 nafar ayol ishtirok etdi. Ular tabiiy yorug’lik almashinuvi bo’lmagan sharoitga joylashtirildi. Natijada uyqu va bedorlik tsikli surilib bordi.

Har uch soat bedorlikda qatnashchilar qator vazifalarni bajarganlar. Jumladan o’z holatlari: uyquchanlik, kayfiyat va qandaydir ish bajarishda sarflangan quvvat xususidagi hisobotni to’ldirishgan.

Ishtirokchilar aqliy salohiyatni belgilovchi testdan ham o’tgan. Ko’ngillilarning diqqat jamla olishi, motorikasi va mehnat xotirasi ham tekshirilgan. Tadqiqotchilar qatnashchilar uxlayotgan paytda elektroentsefalogramma miya faolligini ham sinab ko’rgan, deb yozadi «Kun».

Tajribalar shuni ko’rsatdiki, sutka tsiklining surilishi erkak va ayollarning aqliy salohiyatidan ko’ra, ko’proq kayfiyatiga katta ta’sir ko’rsatdi. Biroq tsirkad ritmlari erkaklarga solishtirganda ayollarga anchagina kuchli ta’sir etdi. Bu ularning tonggi soatlarda, odat bo’yicha tungi smenaning yakuniga to’g’ri keluvchi paytlarda fikrlash darajasining susayishiga olib keldi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 20.04.2016 19:00
- Категория: Qiziqarli Faktlar, Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz