Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Hayotimiz quyidagi 4 bosqichdan iborat

Hayotimiz turli yoshlarda o'zgacha holatlarda o'tadi. Har bir davrda nimanidur tushunib yetamiz, o'zimizni yanada chuqurroq anglashda davom etamiz. Hozirgi kunda sayyoramizdagi barcha insonning hayotini to'rt davrga bo'lish mumkin. Bugun Moqina.Netda shular haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!

1. Taqlid qilish.

Biz ojiz bo‘lib tug‘ilamiz. Tug‘ilishimiz bilan yurish, gapirish, ovqat yeyish va hattoki o‘z soliqlarimizni to‘lay oladigan darajada bo‘lmaymiz.

Bizga kattalarga taqlid qilgan holda yashash, harakat qilish, gapirish va boshqalarni o‘rgatishadi. Keyinchalik tengdoshlarimiz bilan muloqot hisobiga o‘z ijtimoiy ko‘nikmalarimizni rivojlantiramiz. Bora-bora oxirida esa, biz jamiyat madaniyati, meyorlari, qoidalari va o‘zini tutish chegaralariga moslashamiz. Birinchi bosqichning maqsadi — bizni jamiyat doirasida yashashga, shu bilan birga mustaqil shaxs bo‘lishga o‘rgatish. G‘oya shundan iboratki, kattalar bizga mustaqil ravishda harakat qilish qobiliyatini o‘rgata turib, bunga erishishga yordam berishadi.

Lekin ayrim yoshi kattalar tentakning o‘zginasi. Ular bizni mustaqil bo‘lishga buyurishadi-yu qarorlarimizni qo‘llab-quvvatlashmaydi. Shuning uchun mustaqil bo‘la olmaymiz, bizni unutishadi va taqlid qilish bosqichida uzoq vaqt qolib ketamiz.

Aqli raso odamning taqlid qilish bosqichi o‘smirlik va yoshlik chog‘ida tugashi lozim. Lekin ayrimlarda u yoshi katta bo‘lganda ham davom etadi. Shundaylar borki, 45 yoshida bir kuni ertalab ular doim boshqalarning yomon hayoti bilan yashab kelishganini tushunib yetishadi.

 

2. O‘z-o‘zini anglab yetish

Agar biz birinchi bosqichda jamiyatning ichida yashashni o‘rgansak, ikkinchi bosqichda esa bu jamiyatdan bizni nima ajratib turishini izlaymiz. Biz takrorlanmas bo‘lishni istaymiz.

O‘z-o‘zini anglash — bu tajriba. Kasbiy jihat, atrofdagi muhit, yashash joyi va umuman bu hayotdagi rollar bilan tajriba qilinadi. Ulardan ayrimlari to‘g‘ri keladi, ayrimlari esa yo‘q. Maqsad, o‘zimiznikini topish. Topish uchun esa, doim izlash kerak.

Ikkinchi bosqich shaxsiy cheklovni o‘rnatishni boshlamagunimizcha davom etaveradi. Cheklov — muhim jihat. Tushunish zarurki, hozirgi zamonda yer yuzida yashash vaqti cheklangan va biz buni eng qadrli narsalarimizga va haqiqatdan ham qadrli insonlarimizga sarflashga majburmiz.

Lekin shunday odamlar borki, ular rostdan ham o‘zligini anglash bosqichida to‘xtab qolishgan. Ular vaqt yetarli darajada ko‘p deb o‘zlarini ishontirgan holda umrlarini o‘tkazishadi.

Ular o‘z biznesi yo‘lga tushib ketadi deb ishonib, 38 yoshida ham oyisi qaramog'ida yashaydiganlar yoki hali hech kim ovozini eshitmagan “bo‘lajak yulduzlar” yoki haqiqiy sevgi oldinda kutib turibdi deb uzoq munosabatda bo‘la olmaydiganlar.

Odatda o‘zlikni anglash bosqichi inson hayotining ikkinchi o‘n yilligi mobaynida, qariiyb 30–35 yoshga qadar davom etadi. Bu bosqichda qotib qolganlarni “Piter Pen sindromi"ga uchraganlar deyishadi. Ular doim o‘smirlar qiyofasida bo‘lib, butun umr o‘zligini qidirishadi, lekin hech qanday natijaga erisholmay yurishadi.

 

3. Amalga oshirish

Tajribalar bosqichini tugatganimizdan so‘ng bu hayotda o‘z izimizni qoldirish vaqti kelganini tushunamiz.

Uchinchi bosqichda biz eng asosiy narsada to‘xtalamiz: bizni bezor qiladigan do‘stlarni yo‘qotamiz, bemaqsad vaqtni oladigan mashg‘ulotlarni o‘chiramiz, amalga oshmaydigan maqsadlarni unutamiz.

Endi diqqat - e’tiborimiz haqiqatan ham bizga kerakli narsaga qaratilgan. Bu bizning burchimiz va unga amal qilishimiz kerak.

Bu bosqichda bizni “O‘zimdan keyin nima qoldiraman?, Odamlar meni qanday eslashadi?, Bu dunyoga qanday ta’sir ko‘rsatdim?” degan savollar bezovta qiladi. Kelgusi avlod ushbu savollarga javob bera olishi uchun nimagadir erishishlari kerak.

Odatda bu bosqich 30-35 yoshlarda boshlanadi va o‘z izzat-nafsimizning barchasini amalga oshirishga ulgura olmasligimizni tushungan vaqtda, ya’ni nafaqa yoshiga yetmasdan tugaydi. Ham vaqt, ham pirovardida jismoniy quvvat ham yetmaydi.

 

4. Meros

Bu bosqichga endi yelkamizda yarim asrlik hayotiy tajriba bilan o‘tamiz. Nimagadir erishdik, nimagadir esa, yo‘q. Har qanday vaziyatda ham quvvatimiz ilgarigidek maqsadlarimiz sari shiddat bilan intilishga yetmaydi.

Bu bosqich ruhiy munosabatlarda juda ham qiyin, sababi bizni doim o‘limni sezish ta’qib qiladi. Barcha odamlar behudaga yaratilishmaganini his qilishlari kerak. Ishonch hosil qilish kerakki, hayotning mazmuni bu o‘lim haqidagi fikrlardan bizning yagona himoyamizdir.

Merosingizning borligi bu bosqichni tushunib yetishingizdir. Bu o‘lim hukmi izmida bo‘lmaydigan narsa. Nimalardir sizsiz mavjud bo‘la oladi. Bular farzandlar, o‘quvchilar, kasbiy loyihalar, kashfiyotlar, siyosiy qarashlar va boshqalar.

 

Bu bosqichlardan maqsad nima?

Maqsad, har bir bosqichda biz o‘z hayotimizni yanada ko‘proq nazorat qilamiz, eng asosiysi o‘z baxtimizni.

Birinchi bosqichda bizning baxtimiz boshqalarga bog‘liq. Ikkinchisida esa, doim yo‘qotish va muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechiramiz va tajribadan o‘tkazamiz. Uchinchisida biz anchayin baxtlimiz, lekin bundan rohat olishga ulgurmaymiz. Va nihoyat, oxirida biz avvalgi bosqichlarning mevalari bilan kifoyalanamiz va birgina vazifa – iloji boricha uzoqroq bardosh berishimiz kerak bo‘ladi.

 

Har bir keyingi bosqichda baxt ichki va boshqariladigan qiymatga ko‘proq, doim o‘zgarib turadigan dunyoning tashqi tomoniga kamroq asoslanishni boshlaydi.

Shuni qayd etish kerakki, keyingi bosqichga hech qachon bir lahzada o‘tilmaydi. Ba’zida biz ikki davrning o‘rtasidagi vaqtda bo‘la olamiz, bunda unisi ham, bunisi ham bizga yaqin turgan bo‘ladi. Ertami - kechmi biz hayotiy ustun jihatlarimizni uzil - kesil qaytadan baholaymiz.

Shuning uchun o‘tish davrida biz hayotimizdan bir qancha insonlarni yo‘qotishimiz mumkin. Bu mantiqiy — doim olg‘a intilish kerak, arzirli odamlar qurshovida bo‘lish va vaqt o‘lchog‘lik ekanini tushunib yetish kerak.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 22:16
- Категория: Qiziqarli Faktlar
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz