Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Inson miyasi 1000 terabayt ma'lumotni saqlay oladi

Amerikalik olimlar o'tkazgan so'nggi tadqiqot  davomida shunday xulosaga kelishdiki, inson xotirasiga ilgari tahmin qilingan hajmdan 10 barobar ko'p ma'lumot sig'ar ekan. Aniqlanishicha, inson miyasi bir petabayt, ya'ni 1000 terabayt ma'lumotni saqlay olarkan.

“Bu yangilik nevrologiya sohasida haqiqiy olg'a siljish bo'ldi”, - dedi Solk biologiktadqiqotlar institutining olimi Terri Seynovski.

Miya xotirasi hajmining yanada kattaroq ekanligini olimlar kompyuterdagi operativ xotira singari qisqa muddatli xotirani saqlashga javob beradigan miya neyronlari gippokamplarining 3D-modelini yaratgan holda tasdiqlay olishdi. Ushbu neyronlarda oraliqlar va sinapslar, ya'ni ikki neyron orasidagi bog'langan joylar 10% holatlarda ikki marotaba takrorlanadi. Solk instituti tadqiqotchisi Terri Seynovskining ma'lum qilishicha, bu bilan inson miyasi kamida bir petabayt ma'lumotni saqlay ola bilishi haqida xulosaga kelish mumkin. Bu hajmni butun jahon tarmog'idagi axborotlar xajmi bilan solishtirish mumkin.

Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, olimlar 8% holatlarda dublikatlar orasida masofa turlicha ekanligini aniqlashdi. Hisoblash qurilmalari bilan solishtirganda bu raqam shuni anglatadiki, har bir neyron o'zida 4,7 bit hajmdagi ma'lumotni saqlay oladi. Olimlarni xulosalariga qaraganda, sinapslarning, oldin o'ylanganidek, bir nechta emas, balki kamida 26 ta toifasi mavjud ekan.

Olimlar ushbu tadqiqotlar natijalarini o'ta aniq samarali energiya  sarflaydigan kompyuterlarni loyihalashtirishda qo'llashlari mumkin. 

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 31.01.2016 22:43
- Категория: Qiziqarli Faktlar
Рекомендуем
zo'r ku klass
zòr rrrr ku

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz