Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i haqida faktlar

Ijtimoiy tarmoqlar haqida gaplashishni davom ettiramiz. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunimizning eng asosiy vaqt o‘tkazuvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kasaliga uchrashgan. Bizning diyorimizda eng asosiy ijtimoiy tarmoq sifatida “odnoklasniki” birinchi o‘rinda turadi.

Ketma-ketlikni oladigan bo‘lsak, dastlab mail agent chiqdi, so‘ngra sekin astalik bilan facebook, twitter, odnoklasniki ijtimoiy tarmoqlari keng ommalashdi(bizda).
Bu maqolamda odnoklasniki ijtimoiy tarmog‘i haqida yozmoqchiman. Demak bugungi kasallik odnoklasniki.

Odnoklasniki ijtimoiy tarmog‘i sinfdoshlarni, litsey(kollej) kursdoshlarni, institut(universitet) kursdoshlarni, qarindoshlarni, hamkasblarni xullas yaqin do‘stlarni topib, ular bilan gaplashishga imkon beruvchi ko‘ptillik tarmoqdir
Bu ijtimoiy tarmoq 2006 yil 4 martta ishga tushgan.
Uning tuzuvchisi rossiyalik web dasturchi Albert Popkov hisoblanadi. U londonda istiqomat qiladi.
Sayt foydalanuvchilarning asosiy yoshi 14-55 yoshni tashkil qiladi.
Dastlab bu saytdan ro‘yxatdan o‘tish pullik bo‘lgan, so‘ng 2010 yil bu xizmat bepul deb e’lon qilingan.
2010 yil i-Jet korxonasi bu ijtimoiy tarmoqda dastlabki o‘yinlarni beta versiyasini sinovdan o‘tkazgan.
2011 yildan boshlab foydalanuvchilarni gruppalarga bo‘lish boshlangan.
2011 yilda musiqa blogi ishga tushdi va shu yili saytning yuqori qicmidagi boshqa proyektlarga o‘tish blogi ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda kunlik foydalanuvchilar soni 40 millionga yetdi.
2013 yilda saytda nosozliklar paydo bo‘ldi. 4 aprel kuni sayt umuman ishlamadi, 5 aprel kuni sayt ishladi, lekin ko‘p xizmatlar ishlamadi va nihoyat 7 aprel kuni sayt to‘liq ishga tushdi.
2013 yil iyun oyida sayt tojik tiliga o‘girildi va bu til SNG davlatlari tillariga o‘girilishning oxirgisi bo‘ldi.
2013 yil iyulda nihoyat sayt ingliz tiliga o‘girildi. Sayt jahondagi top ijtimoiy tarmoqlar 10 taligiga kirdi.
Hozirda umumiy foydalanuvchilar soni 200 milliondan oshdi.
2007 yil bu proyektni rivojlantirish uchun mablag‘ kerak bo‘ladi va albert 30% aksiyasini Digital Sky Technology korxonasiga sotadi (hozirgi Mail.Ru Group).
Keyinchalik DST korxonasi 2010 yil to‘liq aksiyani Albertdan sotib oladi.
Bu ijtimoiy tarmoq reklama, o‘yin va virtual sovg‘alardan moliyalashadi.
Odnoklasniki.ru domenini Albert 2002 yil shunchaki sotib oladi va faqatgina 2006 yilda bu domenni ishlatishni boshlaydi.
2009 yil bu ijtimoiy tarmoq zararga ishlagan.

Deb xabar tarqatadi quydagi manba.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.07.2016 23:07
- Категория: Qiziqarli Faktlar
Рекомендуем
Ajoyib ma'lumotlar

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz