Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Do'stlar Haqida

Soz'layin sizga do'stlar do'stlarning bir holini.
Mard do'stlarning qonini, nomardlar ahvolini.
Jonsiz do'stlar jonini, aytmasamda nomini.
Shu jonsiz do'stlar deya vijdonin sotgonini.

Mening bir chin do'stim bor, u haqiqiy do'st bilar.
Yig'lasam yig'lab turar kulsam u birga kular.
Boshimga tushib tashvish, o'ksib qolsam urib bosh.
Chin do'st berolmay bardoish ko'zlaridan to'kar yosh.

Azroiyil ostonadan so'rasa do'st jonini.
Do'st o'rniga jimlayib berganlar o'z jonini.
Do'st orniga chin do'stlar to'kganlar ko'p qonini.
U dunyoda faqat do'st bergandir savobini.

Do'stlarim so'zladim men, chin do'stimning holini.
Shu do'stimni qiyomatlik deb atarman nomini.

Yana shunday do'stlar bor, u omadning soyasi.
Tinglasa anglab olar so'zlarimning boyisi.
Omading kelsa kelar, ketsa u do'st ham qaytar.
Yomon kunda shu do'sting ustingdan kulib qolar.

Shunday do'st atrofda bor, tulkidan ham u ayyor.
Egib bersang u boshingga qilich urishga tayyor.
Yovga ko'ksing ochganda u dost albatta qochar.
Seni tashlab dushmanga barcha siringni sotar.

Do'stlarim so'zladim men nomard do'st ahvolini.
Shu do'stimni xiyonatlik deb atarman nomini.

Yana shunday do'stlar bor, bevafolar sardori.
U o'zi jonsiz bo'lsa ko'p vijdonning hardori.
Dardingiz og'ir bo'lsa goh bo'lar darmon dori.
U juda yomon bo'lsa ham uning ham bordur ori.

U yonda emas hamyonda qisirlab urib turar.
U yo'q bo'lsa hamyonda, yoring ham labin burar.
U bersa birdan ovoz, nomardlar yonda to'lar.
Bilinglar u bir qog'oz tortsang chilparchin bo'lar.

Do'stlarim so'zladim jonsiz do'stlar jonini.
Shu do'stimni yaxshi yomon deb atarman nomini.

Do'stlarim so'zladim men uch do'stimning holini.
Nasib qilsa aytarman so'ngra men davomini

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 14.10.2015 22:43
- Категория: Do'stlik Haqida
Рекомендуем
Ajoyib
Klass

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz