Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Onaming Poyidan Pastdir BU DUNYO!

Har qadam oq olar boshdagi tola.
Bazan shod ko'rindim goh chekdim nola.
O'zimcha hali ham bolaman-bola.
Goh yolg'on gohida rostdir bu dyunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Yugurib har yona bahtni izladim.
Yerdan izlolmay ko'kni ko'zladim.
Qo'shiqlar kuyladim ko'p bor bo'lzadim.
Topgan shuhratidan mastdir bu dunyo.
​Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Dunyo dunyoyingdan ko'rmadim vafo.
Vafo qilmagaydir zarbobu-zardo.
Qabrga kuzatar bir qarich mato.
Cho'ksang yopishmoqqa hastdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Dunyoni boshingdan balandga qo'yib.
O'zing turgan shoxga olovlar qo'yib.
Yig'lasang foyda yo'q so'ng to'yib-to'yib.
O'zicha osmonga mosdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Qosh ko'zin maqtadim tannoz sanamning.
Mehrini sezmadim biron odamning.
Xabarin olmadim sho'rlik onamning.
Shundayin betayin kasdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Menga nasihatlar o'qima ey do'st.
Rosting yo'q yolg'onlar to'qma ey do'st.
Do'stligin besh kunda yoqdiya ey do'st.
Nag'malar qilmoqqa asdir bu dunyo.
Onamning poyidan pastdir bu dunyo ...

Ergashali & Islombek Qurbonov - onamning poyidan pastdur bu dunyo

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 26.05.2016 23:25
- Категория: Qo'shiqlar Matni!, Ota & Ona Haqida, Xayotiy Sherlar
Рекомендуем
Salom
Zòr qoyil..Ilhomjon farmonov ning yangi Onajon qòshigini ham joylashishni iloji bormi??hech qayerdan topolmayapman shu qòshiqni??nur tòla kòzlarda mano kòp siz aytgan sòzlarda mano k9p deb aytadi....
Zor sher va qo‘shiq klass

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz