Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Afsus Sizni kech uchratdim!

Yuragimni Etib mayib.
Siz o'tasiz bir jilmayib.
Taqdirdamu bilmam ayib.
Afsus sizni kech uchratdim...

Ko'zlaringiz xumor-xumor.
Sizni o'ylab tunim bedor.
Vaslingizga dil intizor.
Afsus sizni kech uchratdim...

Qalbda qolgan oy yuzimsiz.
Ham kecham ham kunduzimsiz.
Qo'lim yetmas yulduzimsiz.
Afsus sizni kech uchratdim...

To'yolmaydi sizga ko'zim.
Ortingizdan boqarman jim.
Yo men shoshdim yo yuragim.
Afsus sizni kech uchratdim...

Tushlarimda sizni ko'rdim.
Labingizga labim qo'ydim.
Uyg'onmasam rozi edim.
Afsus sizni kech uchratdim...

Qani sizga boqsam to'yib.
Erkalasam suyib-suyib.
Tilim aytar bag'rim o'yib.
Afsus sizni kech uchratdim...

Abdujalil Qo'qonov

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 15.10.2015 18:17
- Категория: Qo'shiqlar Matni!, Afsus & Armon Sherlari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz