Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Kutyapman

Yor, seni kutyapman ko'zlarim giryon, 
Yuragim ezildi jamoling eslab. 
O'tiraman xomush, ko'nglim parishon, 
Telba bo'lib qoldim visoling qo'msab. 

Yor, seni kutyapman yuragim vayron, 
Faqat bir bor ko'ray yetolmasam ham. 
Sevishgan lahzalar o'tgan har bir on, 
Meni kundan kunga qiynar tashvish-g'am. 

Yor, seni kutyapman ko'nglimda armon, 
Seni tezroq ko'rish orzusidaman. 
Hech narsa bo'lolmas dardimga darmon, 
Qayg'u alamlarning yog'dusidaman. 

Yor, seni kutyapman har lahza, har on, 
Hozir kelar deya seni o'ylayman. 
Mayli kelmasang ham yurgin sog'-omon, 
Qalbim navolarin oyga so'ylayman. 

Orziqib kutyapman, kutarman hamon, 
Umrim oxirigacha kutaveraman. 
Toki jismim ichra bor ekan bu jon, 
Yolg'iz seni kutib o'taveraman...

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:40
- Категория: Rashid Atabayev, Umid & Imkon Sherlari
Рекомендуем
Zur ekan, yoqdi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz