Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qachondir Sen Meni Sevib Qolasan

Qachondir so'zlarim yoqib tushadi
Qachondir ularni yodga olasan
Mehring yuragingdan oqib tushadi
Qachondir sen meni sevib qolasan. 

Cho'chib uygonasan shirin so'zlardan
Adoqsiz tushlaring siquvlaridan
Xijolat tortmagin tuyg'ularingdan
Qachondir sen meni sevib qolasan.

Lablaring kuyadi ismimni ayta 
Va shundan boshlanar hayoting qayta
Ko'zlaringni to'sgan g'uborni arta 
Qachondir sen meni sevib qolasan.

Qachondir cho'g' bo'lar qizib yanog'ing
Qaynoq bo'salarni sezib dudog'ing
Ishonaver erkam ishon qarog'im
Qachondir sen meni sevib qolasan.

O'shanda dillarda so'zlaring tugun
O'gitlar birlashib bo'lar bir butun
Ehtimol ertaga, ehtimol bugun
Qachondir sen meni sevib qolasan. 

Ungacha hijronda o'rtanib o'tay 
Ishqing shevalarin o'rganib o'tay
Hozir qulog'ingga bashorat aytay
Qachondir sen meni sevib qolasan...

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:41
- Категория: Rashid Atabayev, Umid & Imkon Sherlari
Рекомендуем
Qoyil

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz