Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkak yig'laydi...

Ezgu orzulari bo'lganida puch.
Ayol xiyonatiga Kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch.
Alamdan ezilib erkak yig'laydi...

Haqiqat olovdur yolg'on bir shisha.
Haq so'zni aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogoh bo'lib qolsa fohisha.
Hammadan yashirib erkak yig'laydi...

Cheksiz xasratlarga qolganida botib.
Ayriliq dog'ini ko'rganida totib.
Bolasin tobudin qolsa ko'tarib.
Yurakdan o'kirib  erkak yig'laydi...

Xizmat qilolmasa tikib jonini.
Rozi qilolmasa mehribonini.
Tuproqqa qo'yganda onajonini.
Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi...

Do'sti sotib ketsa og'ir kunida.
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi kelmasa ish maydonida.
Bir chetda o'tirib erkak yig'laydi...

Shaytonga do'st bo'lib ketsa bolasi.
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi.
Ajalin chaqirib erkak yig'laydi...

Xaromni tanlasa halol turganda.
Navqiron yoshligi uvol bo'lganda.
Qirq do'sti bo'lmasa qirqga kirganda.
Ich Ichidan kuyib erkak yig'laydi..

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 14.10.2015 22:10
- Категория: Kecholmaslik & Ututolmaslik
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz