Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Shukur qil do'stim!

Uyg'ondingmi do'stim oh tabriklarim,
Ming shukur salomat ekan jonu-tan,
Bugun bir qiziqdim har tong ertalab,
O'n sakkizming inson uyg'onmas ekan.

Yomon tush ko'rdingmi? bu emas qayg'u,
Nimalar kirmaydi tushga deganlar,
Tasavvur qilgina millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uhlolmas ekanlar.

Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh o'yma salgina suvi qochgan non,
Qaydadir o'qidim bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkizyuz odam.

Bolalar shovquni yoqmas quloqqa,
Shukur qil ulg'ayib qoldilar ancha,
Eh do'stim nolima yoruq olamda,
Tirnoqqa zor bo'lib yurganlar qancha.

Ming shukur yurting tinch, ro'zg'oring butun,
Tomoqdan suv o'tar ko'zlaring ravshan
Bilmasang bilib qo'y minglab musofir,
Sen tepgan tuproqni topmay yig'lashar...

Malika Salimova

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 12.03.2017 20:16
- Категория: Xayotiy Sherlar
Рекомендуем
Ajoyib, gap yoq. Zor
Juda juda judayam zo'r omad
Juda juda judayam zo'r omad

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz