Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Alamli Sevgim

Gumon jonga o'tni yoqar,
Yurak duk-duk eshik qoqar.
Nazar solsam qiyo boqib,
Alam to'la armon yotar...

Armon nechun keyin bilsam,
Judo bo'lgan yorim uchun.
Axd-u vafo qilgan desam,
Ishqida qolgan zolim uchun...

Toma-toma ko'z yoshlar ham,
Yuzlarimda daryo bo'lar.
Yona-yona bardoshlar ham,
Tugar oxir vayron bo'lar...

Ko'zlarimning har bir tomchi,
Yoshlarida sening vasling.
Va'dalaring bor ishonchi
Qalbingdadir rostgo'y asling...

Kerak emas yolg'on bo'lsa,
Aldovlardan ko'ngil to'lsa,
Bilib-bilmay xato qilsa,
Sevmay yashay yurak ko'nsa...

Qani ayt ishqingda yonib,
Sevmadimmi sendan tonib?
Azob berib ketding nahot,
Alamlarda sevgim qolib...

Alam qilsa ne qilay sevdim o'zim,
Yo'q bunga senda bir sabab.
Mayli qaytma kutmay chin so'zim,
Taxmin qildim ketding shunchaki aldab...

D I L SH O D A...

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 16.09.2015 12:51
- Категория: Dilshoda
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz