Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Armon (Real Voqeaga Asoslanib)

Sevgi qiynar yigit yuragin,
Axtaradi dilga keragin.
Axiyri topishdi bir go'zal bilan
Izhor etdi yurakdagi tilagin.

Qiz ishondi yigit so'ziga,
Boshin qo'ydi uning ko'ksiga.
Axd qildilar oydin kechada
Tikilishib tong yulduziga.

Yigit bilim yurtiga ketdi,
Bundan xursand, baxtiyor edi.
Sevgan qizi uzoq qishloqda
Ishq o'tida kuyib o'tdi.

Kutib-kutib sevgan yorini,
Xa teganda kelmadi javob.
Samolardan yorin so'roqlab
Qiz bechora yotardi betob.

Bahor kelib gul ochilgan chog',
Maysalarni ko'ksi bo'ldi qon.
Yor-yor degan qo'shiq boshlandi
Yigit boshqa qizga uylandi.

U go'zal qiz baxtni o'yidan,
Ko'z yumgandi g'amni ko'yidan.
Chidolmayin hijron qayg'uga
U ketgandi mangu uyquga.

Dafn etishdi o'shal barno qizni,
Nomi o'chgan porloq yulduzni.
Qiz qo'lida qolipti bir xat
Ichida yozilgan undagi dard.

/XAT.../

""TO'SIQ BO'LIB YO'LINGA,
KECHIR XATO QILIBMAN.
BILMAY TURIB KO'NGLINGNI,
SENGA KO'NGIL QO'YIPMAN.
ENDI BILSAM KO'NGLINGDA,
SEVGAN YORING BOR EKAN.
SENGA KO'NGIL BOG'LAGAN,
VAFODORING BOR EKAN.
TO'SIQ BO'LIB YO'LINGA,
KECHIR XATO QILIBMAN.
MUHABBATGA BIR UMR,
O'CHMAS XATO QILIBMAN"".

( Dilshoda... )

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 00:26
- Категория: Dilshoda, Ayriliq & Xiyonat Sherlari, Afsus & Armon Sherlari
Рекомендуем
Zor ekan
Eyyy gap yu
ajoyb

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz