Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Bahtli Bo'ling

Nahot sizni bir umrga yo'qotdim,
Buni sezib yurak dod solar.
Xuddi sovuqdek qolgandek qotdim
Ko'zlar kutar "ANA HOZIR KELIB QOLAR".

Ismingiz takror aytganimdan yo'q foyda,
Ketdingiz endi hech kelmassiz.
Sizni bo'larman ko'rgandek har joyda
O'zim bilarman lek siz bilmassiz.

Sog'inch azobini bilsangiz edi,
O'zga bilan ko'z oldimdan o'tarmidingiz.
Yonimda bo'ling desam bir bora
So'zsiz rad etmay birga bo'larmidingiz.

Orzularimda ko'rganim faqat siz,
O'zgalarni hech ham havas qilmasman.
Xayotim mazmuni, ko'zlarim nurisiz
Bunday baxtdan aslo nolimasman.

O'zgani baxtli qilsangiz mayli qiling,
Dunyoda undanda baxtli bo'lmasin.
U sizga kulib boqsa siz ham kuling
Zero sizdan ko'ngli qolmasin.

Menga kelsak bir telba devonaman,
Yurakka buyruq berolmasam netay.
Sizni ko'rolmaslikdan qo'rqan bechoraman
Ayting qanday dardlarim oshkor etay.

Ko'zlarim so'rar bir bor ko'ray deb,
Uzoqdan bo'lsa ham bormi iloji.
Ko'rmasam ham mayli axr yurakku
Borligingiz sezib tinmay urarku....

( Dilshoda...)

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 00:28
- Категория: Dilshoda, Ayriliq & Xiyonat Sherlari
Рекомендуем
[b]Ko'zlarim so'rar bir bor ko'ray deb,
Uzoqdan bo'lsa ham bormi iloji.
Ko'rmasam ham mayli axr yurakku
Borligingiz sezib tinmay urarku....[/b]

vachaaaach biggrin dahwat wu joyi . omad !!

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz