Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Nigohlar

Nigohlar to'qnashar o'tli nigohlar,
Bog'zimga tiqilar faryod-u, ohlar.
Entikib qolamiz ikkov bir nafas
Siz menga, men sizga bo'ldikmi havas.

O'sha kun ketdingiz noiloj qaqshab,
Boshqa sohillarga endi ko'prikmiz.
Ruhsiz vujud bilan yuribmiz yashab
Ishqsiz yurak bilan hamon tirikmiz.

Mensiz o'tkazibsiz shuncha ko'p yilni,
Sizsiz sochlarimni bo'yar bo'ldi qor.
Shu ondan xazonga berganman dilni
Shu damdan bog'imda kezmaydi bahor.

Mayli bilmaganga olaman o'zni,
Duch kelsak titramang dildan o'chiring.
Ammo ko'zingizga chanqoq ko'zimni
Sizdan uzolmasam meni kechiring.

Sevamam hamon
Sevasiz siz ham.
Kutaman har on
Kutasiz siz ham.

( Dilshoda... )

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 00:27
- Категория: Dilshoda, Ayriliq & Xiyonat Sherlari, Sog'inch Sherlari, Xotirlash & Eslash Sherlari, Kecholmaslik & Ututolmaslik
Рекомендуем
Judayam ta'sirli ekan. Zo'r!

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz