Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sog'inmay Qo'ydim

Sog'ina sog'ina sog'inmay qo'ydim,
Endi menga baribir kelsang, kelmasang.
Qo'lingdan kelsa gar osmonni tashla
Endi menga baribir sevsang sevmasang.

Sog'ina sog'ina sog'inmay qo'ydim,
Xo'p telba ko'nglinga cho'pchaklar aytdim.
Aldashni o'rgandim yurakni boplab
Daryoga oborib sug'ormay qaytdim.

Sog'ina sog'ina sog'inmay qo'ydim,
Tili bo'lsa aytsin shu to'rt devorning.
Endi men sira ham yig'lamay qo'ydim
Qo'limga olmayman endi ishq torini.

Sog'ina sog'ina sog'inmay qo'ydim,
Ko'ksimga bir mushtlab oxir unutdim.
Endi sen kimsanu, nedir muhabbat
Sog'ina sog'ina ado bo'ldim,
Sog'ina sog'ina unutdim qo'ydim.

( Dilshoda... )

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 00:23
- Категория: Dilshoda, Nafrat & Kechish Sherlari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz