Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Sukunat (Oshiq Yigit Dardi)

Mana necha kunki saqlayman sukut,
Yoninga borishga yo'q bir bahona.
Vasling orzusida lablari yoqut
Yo'q men kabi oshiq-u devona.

Goho seni o'ylab aqlim parishon,
Goho sening ko'nglingda yonaman unsiz.
Goh torlik qiladi zaminu osmon
Goh hayot tuyular menga mazmunsiz.

Goho seni o'ylab bir o'zim tanxo,
Yulduzli osmonni kuzataman jim.
Osmonda nomma-nom yulduzlar paydo
Ajabo qaysi ekan mening yulduzim.

Balki u chiqmagan hali osmonda,
Balki to'sib turar huv o'sha bulut.
Nahot men dilimni botirib qonga
Bulut yo'qolguncha qilaman sukut.


Balki yulduzimni ko'rolmayman hech,
Bulutdan yuqori chiqmay osmonga.
Yetib borganimda bo'lmas makon hech
Uchib ketmasidan boshqa tomonga.

( Dilshoda... )

Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 00:24
- Категория: Dilshoda, Sog'inch Sherlari, Xotirlash & Eslash Sherlari, Kecholmaslik & Ututolmaslik
Рекомендуем
Менга йокди
qoyil
qoyil
Офарин

1-10 11-12

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz