Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Demak Sevib Qolibsan

Keng dunyo ko'zinga ko'rinsa tordak
Yulduzlar ko'rinsa uzilmas dordek
Qish kuni yayrasang go'zal bahordek
Demak sen kimnidur sevib qolibsan.

G'azallar yodlasang varaqlab kitob
Uning har satridan porlasa oftob
Nurlari sog'inchdan aylasa hitob
Demak sen kimnidur sevib qolibsan.

Ko'nglingda nish urib boshlasa g'uncha
Hayol surib yotsang tonglar otguncha
Yo'llarga termulsang ko'zing tolguncha
Demak sen kimnidur sevib qolibsan.

Ko'nglingni band etar shirin bir tuyg'u
Tushlaringa kirsa o'ynoqi ohu
Tunlari ko'zingga kelmasa uyqu
Demak sen kimnidur sevib qolibsan...

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:34
- Категория: Rashid Atabayev
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz