Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Ketaman

Ketaman, endi men ketaman,
Men baxtsiz insonga yor qayda?
Bilaman, endi men bilaman,
Suymasa, suykalish befoyda...

Ketaman, na iloj, nachora,
Zorim bor, zo'rim yo'q oldingda.
Sevishim aytsam ham ming bora,
Ishq o'ti yonmadi qalbingda.

Ketaman... ortimdan zorlanib,
Qolgin deb sen yolg'on zo'rlaysan.
Bosh olib garchi men ketmasam,
Baribir sevgimni xo'rlaysan.

Ketaman, ko'zimdan oqqan yosh,
Yomg'irday yog'adi boshingga,
Sen buni sezmaysan bag'ritosh,
Begona kelganda qoshingga.

Ketaman, ortimdan suyunmay,
Aksincha sen menga zor bo'lgin.
Xo'rlading sevgimni tushunmay,
O'zing ham albatta xor bo'lgin.

Ketaman men olis tomonga,
Bo'ylasang, bo'ylaring yetmaydi.
Men ketgan u olis makonga,
Ketganlar ortiga qaytmaydi...

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:41
- Категория: Rashid Atabayev, Nafrat & Kechish Sherlari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz