Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Mendan Bo'lsa Kerak

Kechir meni, sevgim izhor etolmadim, 
Yonginamda o'sgan gulga yetolmadim. 
Yonog'ingdan bitta bo'sa ololmadim, 
Visolingga yetishibdi mendan bo'lak. 

Taqdir shu, - deb ovutaman men o'zimni, 
Ammo yurak tan olmaydi bu so'zimni, 
O'z qo'limla o'ygim kelar o'z ko'zimni,
Visolingga yetishibdi mendan bo'lak. 

Hijron degan shunchalar ham achchiqmikan, 
Gulga bossam yuzlarimni tirnar tikan, 
Qo'y yig'lama, sag'ir sevgim, taqdir ekan, 
Visolingga yetishibdi mendan bo'lak. 

Ko'zlarimda qonli yoshim qotdi mangu, 
Ariqlarda oqdi-ketdi shirin tuyg'u, 
Ushbu kecha kimga baxtu, kimga qayg'u, 
Visolingga yetishibdi mendan bo'lak. 

Yor vasliga yetolmagan faqat menmi, 
Har kimga ham baxt berolmas ekan sevgi. 
Yorim desam, o'zga ekan uning tengi, 
Janonimga yetishibdi mendan bo'lak.

 
 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:33
- Категория: Rashid Atabayev
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz