Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Meni Seni Sog'indim

Yuragim sog’inchdan bormoqda yonib.
Men seni sog’indim, senga o’rganib,
Xatto o’zimdan ham ketyapman tonib.
Men seni sog’indim, bulutlar qoplab,
Quyoshni sog’inib yig’lagan osmondek.
Men seni sog’indim, seni ardoqlab,
Aqlini yo’qotgan bir nodondek.
Men seni sog’indim, bu sog’inch ishon,
Har qanday yurakni larzaga solar.
Men seni sog’indim, ko’rmasam bir on,
Yuragim to’la dard armonim qolar.
Men seni sog’indim, Misli parvona,
O’zini shamdagi ziyoga urgan.
Men seni sog’indim, ishqingda yona,
Hajringda telbavor oshiqdek yurgan.
Men seni sog’indim, hayronman o’zim,
Nega seni bunchalar tezda sog’indim.
Yo’linga intizor termular ko’zim,
Meni seni sog’indim, juda sog’indim.

 
 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:42
- Категория: Rashid Atabayev, Sog'inch Sherlari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz