Saytni Yuklab bo'lmadi
Mayli, yod etmagin meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo'lsang bas.
Boshing toshdan bo'lsin qayda bo'lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo'lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo'lsang bas.
Bilmam senga yetmoq bo'larmi nasib,
Balki sen bo'larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.