Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qo'linga Qaramas Otayu-Onang

Otasiz hovlining fayzi yo'q sira, 
Onasiz yorishmas birorta xonang. 
Qarasa ko'nglingga qaraydi lekin, 
Qo'lingga qaramas otayu onang!

Topsangu topmasang xaridoringdir, 
Qilmishing u.n ham gunohkoringdir.
Bersangu bermasang minnatdoringdir,
Qo'lingga qaramas otayu onang! 

O'nta bolani boqarkan ota, 
Bir otani boqa olmas o'nta bolasi. 
Boshin qoplaguncha toki oq tola, 
Qo'lingga qaramas otayu ona! 

Bir kuni eshikka boqarsan sen ham, 
Kunda bir yo'qlab qo'y quruq bo'lsa ham.
Yoniga o'tirgin bir fursat bir dam, 
Qo'lingga qaramas otayu onang!

Ko'nglini avayla, duosini ol, 
Oxirat savobin ziyosini ol 
Ey farzand bu gapning ma'nosini ol,
Qo'lingga qaramas otayu onang! 

Bog'lab qo'ymagandir har ikkisin ham 
Yo'qotsang naf bermas afsus bahonang. 
Qarasa yo'lingga qaraydi ammo,
Qo'lingga qaramas otayu onang!

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:35
- Категория: Rashid Atabayev
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz