Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yomon Deyishdi

Eh, o`shalar yaxshi odamlar,
Kimligimni oxir bilishdi.
Negadir hech yaxshi bo`lmadim
Meni baribir yomon deyishdi.

Sovib qolgan choy kabi debmi
Oyoq osti loy kabi debmi,
Dog`lari bor oy kabi debmi
Meni baribir yomon deyishdi.

Baham ko`rdim borimni tinmay,
O`tishdilar nazarga ilmay,
Goh bilishdi, gohida bilmay,
Meni baribir yomon deyishdi.

Yo`q bo`lganda berisholmadi,
Bor bo`lganda ko`risholmadi,
G`iybat qilmay turisholmadi
Meni baribir yomon deyishdi.

Atirguldek tikonim uchun,
Sal achchiqroq zabonim uchun,
Bir zarraday iymonim uchun,
Meni baribir yomon deyishdi.

Kimlar aldab laqillatmadi,
Yuragimni taqillatmadi,
O`zlariga yaqinlatmadi
Meni baribir yomon deyishdi.

Hayot nima bilmadimmi yo,
Ular kabi bo`lmadimmi yo,
Chin dilimdan sevmadimmi yo
Meni baribir yomon deyishdi.

Kim yig`lasa qo`shilib yondim,
Shodligida birga quvondim,
O`zim ham hech tushinmay qoldim
Meni baribir yomon deyishdi.

Dardimni hech bo`lisholmadim,
Asli yarim to`lisholmadim,
Ular bilan kelisholmadim
Meni baribir yomon deyishdi.

Ko`nglimni bir ko`rmay turib ham,
Men haqimda bilmay turib ham,
Yo alhazar, o`lmay turib ham
Meni baribir yomon deyishdi.

 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:43
- Категория: Rashid Atabayev, Xayotiy Sherlar
Рекомендуем
Zur she'r ekan
Ha zòr sher ekan yashang judaham chiroyli

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz