Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Yosh Bola Edim

U paytlar men yosh bola,
Maktabda o'qir edim.
O'shanda ham hozirday
Go'l edim, faqir edim.

Bo'lmas ekan yoronlar
Dil deganning tizgini.
Men benavo sevibman
Bir puldorning qizini.

Bir juft charos donasi -
Ko'zlari qaro edi,
Shu suluvning ishqida
Yuragim yaro edi.

Dars kirmasdi quloqqa
Xayolimni buzmasdim.
Menga tez-tez qarardi,
Men ham ko'zim uzmasdim.

Shu qizga baxsh etgandim
Borlig'imni, mehrimni.
Unga atab bitgandim
Eng birinchi she'rimni.

Bir kun to'sdim yo'lini
- Gapga quloq sol, dedim.
Seni yaxshi ko'raman,
Menga tega qol, dedim.

Avval qotdi hayratda,
Pirpiradi ko'zlari.
So'ng puflangan cho'g' misol,
Lov qizardi yuzlari:

- Qo'ling kalta, etmaydi
Men ko'kdagi oy, dedi.
Otam senga bermaydi,
U juda ham boy, dedi.

Shu choq go'yo ko'ksimga
O'q otildi varanglab
So'nggi so'zi to hanuz
Qulog'imda jaranglar.

- Tushun qorin to'ymaydi
Axir quruq she'r bilan...
Yashayapti u hozir
Ko'nglidagi er bilan

To'g'ri aytgan ekan u
Keyin anglab etganman.
O'zi...manov she'rni ham
Och qoringa bitganman.

 
 
Поделись с друзьями:

- Добавлен: ADMIN
- Дата публикации: 13.02.2015 18:42
- Категория: Rashid Atabayev, Yoshlik Haqida, Xayotiy Sherlar
Рекомендуем
Ha zur ekan
E qoyil gap bolishi mumkinmas

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz