Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Badavlat bo`lmoqchimisiz? Unda bu qoidalarga amal qiling

Millionerlarning 10 foydali odati

Har bir millioner muvaffaqiyatga ma`lum bir odatlar tufayli erishgan. Bu odatlar ularning hayotda o`z o`rnini topishida, ko`proq daromadga ega bo`lib, natijada badavlat insonga aylanishida asqatgan, desak yanglishmaymiz. Xo`sh, bular qanday odatlar? Quyida ularning 10 tasi bilan tanishtiramiz.

Mutolaa

Sir emaski, millionerlar doim band insonlardir va ularning bo`sh vaqti deyarli bo`lmaydi. Shu bois kitob mutolaasi ularga huzurlanish uchun emas, balki yangi bilimlar olish uchun juda muhimdir. Badavlat odamlar ko`pincha o`zlarining yo`nalishlariga taalluqli ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni o`qishadi. Masalan, aqliy kamolot, muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarning biografiyasi va faoliyatiga oid kitoblar.

Shaxsiy uslub

Aksariyat boy kishilar uzoq yillar davomida o`z uslublarini saqlab yuradilar, bir xil kiyimlarini yillab kiyib yurishadi. Ular buni hayotda ortiqcha narsalarga chalg`imaslikni, kerak bo`lsa, ulardan xalos bo`lishni istashi bilan izohlashadi.

Tejamkorlik

Boy odamlar pulni tejashni biladilar. Ular har vaqt bank kartalaridagi mablag`larini hisoblab yurishadi. Xarajatlarini qayd qilib, daromadlarini esa hisob-kitob qilib boradi. Millionerlar mislsiz pullarga ega bo`lsa-da, pullarining tiyinigacha iqtisod qilishadi.

Jamoat transporti

Badavlat odamlar o`z davlatlarini ko`rsatmaydi. Ularning aksariyati jamoat transportidan foydalanishdan o`zlarini olib qochmaydi, piyoda sayr qilishni yoki velosiped minishni yaxshi ko`radi.

Erta uyg`onish

Hamma boy odamlar erta uyg`onishni odat qilgan. Ertalab ish kuni boshlanishidan 3 soat avval uyg`onishni afzal biladi. Bu ularga kundalik vazifasi bilan shug`ullanishga kirishishdan avval reja tuzishiga, oilasi bilan birga bo`lishga imkon beradi.

Sport bilan shug`ullanish

Boy kishilarning foydali odatlaridan biri bu – sportdir. Ular har kuni bo`sh vaqtining yarim soatini mashg`ulotlarga ajratadi. Ko`pincha bu mashg`ulotlar yugurish, piyoda yurish, velosipedda sayr bo`ladi. Bu kabi mashg`ulotlar ham tanaga, ham aqlga foydalidir. Ular tanadagi neyronlarga pozitivlik berib, glyukoza ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa ong ishlashi uchun zo`r “yoqilg`i”dir.

Meditasiya

Meditasiya - kun bo`yi to`planib qolgan zo`riqishlarni engish uchun samarali usuldir. U kayfiyatni ko`tarishga yordam beradi, yangi ijodiy g`oyalar tug`ilishiga turtki beradi, ruhiy xotirjamlik ato etadi. Meditasiya shifobaxsh amaliyot hamdir, charchoqlarni engadi, ichki xotirjamlikni mustahkamlaydi.

Tana “til”i bilan gapirish

Millionerlar odamlarni qanday qilib o`zlariga jalb qilishni, tuyg`ulariga ishontirishni, har kim bilan til topishishni juda yaxshi bilishadi. Buning uchun ular imo-ishoralardan foydalanishadi, bu muloqotdoshlarini nafaqato`ziga tortadi, balki taassurot ham uyg`otadi.

Televizor ko`rishni cheklash

Davlatmand insonlar kambag`allardan ko`ra kamroq televizor ko`radi. Barcha boylarni bir odat birlashtiradi: o`z vaqtini xoh ish vaqti bo`lsin, xoh bo`sh vaqti bo`lsin, uni samarali o`tkazish. Shu bois ularning aksariyati zangori ekranga tikilishdan ko`ra kitob o`qishni, sayr qilishni, mashg`ulotga borishni yoki oddiy muloqotni afzal biladi. Ularning ta`kidlashicha, inson o`zi uchun 3 ta xobbi topishi kerak: biri pul ishlash uchun, ikkinchisi ijod uchun va uchinchisi salomatlik uchun.

Rejalashtirish

Barcha millionerlar yo`qotilgan pullarni qaytarib olish mumkin, lekin yo`qotilgan vaqtni qaytarib bo`lmaydi, degan fikrni tasdiqlashadi. Muvaffaqiyatga aniq rejasiz shunchaki ergashib bo`lmaydi. Oltin qoida shuki: “To`g`ri tuzilgan reja yomon ishning oldini oladi!”. Buning uchun esa har bir millionerlar o`z vaqtini taqsimlashni, qiladigan ishlarining ro`yxatini qilishni va ma`lum bir maqsadlarni qo`yishni bilishadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.01.2018 17:24
- Категория: Daromad Topish Yo'llari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz