Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Moliyaviy piramida qurboniga aylanmaslik qoidalari (Infografika)

Moliyaviy piramida odamlar ishonchini qozonish orqali amalga oshiriladigan firibgarlik hisoblanadi. Piramida doimiy tarzda pul mablag‘larini jalb etishga asoslanadi. Bunda piramidaning ilk ishtirokchilariga foyda keyingi sarmoyachilar hisobidan qoplanadi.

Ammo, katta pul va’da qilingan vaqtda, bepul pishloq faqat qopqonda bo‘lishini yodingizga keltirsangiz bo‘lgani.

So‘nggi vaqtda O‘zbekistonda katta shov-shuvga aylangan «Ahmadboy» bilan bog‘liq mashmashalar ana shunday firibgarlikka yorqin misol bo‘la oladi.

 Ko‘pchilikning e’tiborini tortgan mazkur voqea bundan 4-5 yil oldin boshlangan. O‘shanda chinozliklar orasida «Olmazor qo‘rg‘onida yashaydigan Ahmad odamlardan pul, qoramol, avtomashinalarni bir yilda ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan qabul qilayotgan emish» degan gap-so‘zlar tarqaldi. Nahotki, hech qanday mehnatsiz bir zumda bir so‘mni ikki so‘m qilish mumkin bo‘lsa? Ammo aholining ishonchiga kirishga qaratilgan urunishlar zoye ketmadi va oson yo‘l bilan boyib ketishni istaganlar birin-ketin Ahmadni eshigini qoqib kela boshladi.

Bergan puli yoki molini ikki barobar qilib qaytarib ola boshlagan mijozlar yangi mijozlarni boshlab keladi. Ayni paytda aholi orasida sahovatpesha, bir so‘zli, odamohun degan tasavvur mustahkam shakllana boshladi.
Ahmadning faoliyati ayniqsa 2015 yilning ohirlariga kelib juda kengayib ketdi. Bu paytga kelib Ahmadning atrofida qonunchilikdan uncha-buncha xabari bor odamlar maslahatchi sifatida paydo bo‘ldi. Ularning yo‘l-yo‘rig‘i bilan Tursunboyev o‘zining faoliyatini huquqiy jihatdan asoslaydigan biror tuzilmaga asos solishga kirishadi va 2016 yilning 12 yanvarida «Chinoz avto hamkor» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda «Chinoz halol chorva» fermer xo‘jaligini tashkil qildi. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan ikki MChJga ko‘p yillar nufuzli idoralarda ishlab kelgan mutaxassislar jalb qilindi.

Ana shunday firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun, infografikamizni diqqat bilan o‘qib chiqishni maslahat beramiz. Firibgarlikka asoslangan moliyaviy piramidalar qanday ishlashi, siz uchun shubhali tuyulgan kelishuvlarni taklif qilishsa, nimalarga e’tibor berish lozimligini anglab olasiz, va shunda, o‘zingizni ham, yaqinlaringizni ham vaqtida to‘xtatish imkoniga ega bo‘lasiz, degan umiddamiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 14.07.2016 01:19
- Категория: Daromad Topish Yo'llari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz