Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Shaxsiy avtomobilda taksichilik qilish uchun qanday talablar mavjud?

Xabaringiz bor, 2016- yilning 15- fevralidan Toshkent shahrida litsenziyasi odam tashish bilan shug‘ullanayotgan avtomobilь haydovchilariga qarshi jiddiy kurash boshlandi. Tabiiyki, ayrim avtomobilь haydovchilari qonuniy faoliyat yuritish uchun qanday hujjatlarni topshirish, belgilangan to‘lovlar haqida ma’lumotga ega emas. Ba’zilar esa qonuniy faoliyat yuritish bilan daromad topib bo‘lmaydi, degan noto‘g‘ri tasavvurga ega. Bir tasavvur qiling, siz noqonuniy taksichilik bilan shug‘ullanmoqdasiz. Tegishli organlar tomonidan o‘tkazilayotgan reyd doirasida qo‘lga tushib qoldingiz. Aybingiz isbotlanib, eng kam oylik ish haqining 25 barobari miqdorida jarimaga tortildingiz. Bu esa naqt 3 million 256 ming so‘m (EKOIH — 130 240 so‘m) degani! Xo‘sh, qonuniy faoliyat yuritganingizda bir yillik to‘lovingiz qancha bo‘lar edi? Tinchgina, barcha qonuniy talablar bilan ishlash uchun nimalar qilish kerak?

Avvalo, shaxsiy avtomobili bilan taksichilik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar o‘zlari yashab turgan hududdagi yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxona yoki tashkilotga murojaat qilib, mutasaddilardan tegishli yo‘llanmalarni olishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2011- yil 18- maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, yo‘nalishsiz taksilar uchun viloyatlarda sariq, Toshkent shahrida “fil suyagi” rangi tanlangan. Avtoulovni ana shu rangga bo‘yash ishlari transport vositasining egasi yoxud korxona tomonidan amalga oshiriladi. Korxona bilan ijara va mehnat shartnomasi tuzilgach, avtomobilь ichki va tashqi tomondan jihozlanib, unga maxsus seriyali davlat raqam belgisi beriladi. Shundan so‘ng korxona tegishli tartibdagi litsenziya varaqasi bilan ta’minlaydi va haydovchi taksichilik faoliyatini amalga oshirishga kirishadi.

Qonuniy asosda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchilarga bir qator imkoniyatlar mavjud. Jumladan, haydovchi ish o‘rni bilan ta’minlanib, shartnoma tuzgan korxonasidan oylik maosh oladi. Mehnat daftarchasiga staji haqida qayd kiritiladi, oylik ish haqi to‘lanadi, jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga chegirmalar ajratiladi. Haydovchilar uchun kundalik tibbiy ko‘rik tashkil qilinadi va avtomobillar doimiy texnik ko‘rikdan o‘tkazib boriladi. Shuningdek, kasallik varaqasi bo‘yicha faoliyat yuritmagan kunlari uchun ham ish haqi to‘lanadi. Ya’ni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, transport vositasi kunlik va mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tkazib turiladi.

Yengil avtomobilda taksichilik faoliyatini olib borish uchun 1 yil muddatga to‘lanadigan davlat boji 75 dollarni tashkil etib, bu 2016- yilning 16- fevral holatiga ko‘ra, 213 ming 497 so‘m demakdir.

Ta’kidlash joizki, hozirgi paytda birgina Toshkent shahrida 224 korxona, shundan 5 tasi bevosita “Toshshahartrans xizmat” AK ishtirokida tashkil etilgan, yo‘nalishsiz taksi sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamizda yo‘nalishsiz taksi sohasida faoliyat ko‘rsat barcha korxonalar ro‘yxati, ularning manzillari va aloqa raqamlarini quyidagi havola orqali olishingiz mumkin. Mazkur korxonalar qonuniy taksichilik faoliyatini yuritish to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 19.02.2016 18:29
- Категория: Daromad Topish Yo'llari
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz