Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xitoylik erkakning 67 yillik nikoh tuhfasi

Shu yilning 14-fevral kuni 84 yoshli xitoylik erkak xotini bilan o`tkazgan 67 yillik turmushi davomida birinchi marta ayoliga kutilmagan sovg`a tayyorladi. Mehmonxona yonidagi maysazorda er-xotin o`z to`ylari yubileyini nishonlashayotgan bir paytda, mehmonxona binosida “I love you” (“Men seni sevaman”) yozuvi paydo bo`ldi. 

juda ko`p qiyinchiliklar va janjallarni boshdan kechirganmiz. Hali ham janjallashamiz va bir-birimizdan ranjiymiz, lekin hech qachon ajrashish xayolimizga kelmagan” deydi xitoylik qariya. Ularning bir armoni bu ayolning sira to`y ko`ylagi kiymaganligi va u paytlarda rasmiy nikoh marosimi bo`lmaganligi ekan. Yaqin yillarda rafiqasining sog`lig`i yomonlashib borgan, shu sababdan u nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan edi. Oldin hech qachon o`z turmush o`rtog`iga biror romantik sovg`a qilmagan yoki “Sevaman” deb aytmagan erkak judayam kech bo`lishidan avval o`z rafiqasiga ajoyib nikoh marosimi bilan “qayta uylandi”. U rafiqasini bag`riga bosib, sevgi izhor etdi va bu osiyolik katta avlod vakillari uchun juda kam uchraydigan holat sanaladi. Bu marosimni kuzatib turgan odamlar ham o`z ko`z-yoshlarini yashira olishmadi. 

Binoda ko`rsatilgan so`zlar shunchaki raqamli displeyda aks etgani yo`q! Bu so`zlar mehmonxonadagi 220 ta xona derazalaridan taralgan chiroq nurlari bilan paydo bo`ldi. Bu xonalar qariyaning boy nabirasi tomonidan shu marosim uchun alohida band qilingan edi. 

Garchi ularda nikohni tasdiqlovchi hujjat bo`lmasa ham, o`rtadagi muhabbat ularni qattiq bog`lab turibdi va bu tantana er o`z xotini bilan o`tkazayotgan har bir soniyani unutilmas qilishga bo`lgan harakatining yaqqol timsoli bo`ldi. Qadrli erkaklar, o`z turmush o`rtog`ingizni xursand qilish uchun 67 yil kutish yoki 220 ta mehmonxona xonasini band etishning hojati yo`q. Buning uchun bir dona gul va bir og`iz shirin so`zning o`zi kifoya. 

Xorij matbuoti asosida Islomjon Abdumuhtorov tayyorladi

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 19.02.2016 18:29
- Категория: Er va Xotin
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz