Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Eng boy va omadli burj sohiblarining reytingi! Siz nechinchi o`rindasiz?

Keling, qaysi burj sohibi eng boy va pul topishda omadli ekanligini bilib olamiz. Reytingni ohiridan boshlaymiz.

12 o`rin — O`qotar
Boyvachchalar reytingida eng ohirgi o`rin O`qotarniki. Bu uning puli yo`qligi uchun emas. Pul unda bor va kam ham emas. Faqat O`qotarlar qancha pul topmasin bu ular uchun shuncha kam. U undan boyroqlar ham borligi bilan ko`nika olmaydi. Ahir bu adolatdan emas! O`qotar Forbes ro`yxatida beshinchi o`rinni egallasa ham o`zini kambag`al deb biladi. Ahir beshinchi o`rinku, bir emas!

11 o`rin — Qovg`a
Qovg`alar hech qachon ko`p pul topishga harakat qilmaydi, shu sababli ularda u yo`q. Qovg`aga nima uchun pul kerak? Har bir tiyin ustida bosh qotirish? Bu u haqida emas. Qovg`a doim taqdirga suyanadi, va, to`g`risini aytganda, taqdir unga hech qachon pand bermagan. Qovg`aning yonida doim unga yaxshi hayotni ta`minlab beradigan inson bo`ladi.

10 o`rin — Baliq
Baliqlar oddiy bir sababga ko`ra 10-o`rindan joy egallashadi. Ular pul ishlashni bilmaydi. Hayot doim ularga turli “shirin” yo`llarni tashlaydi, ammo Baliqlar a) ko`rishni istamaydi, b) topganini o`ylamay sarflab yuboradi. Baliqlar qimmat va har doim ham kerak bo`lmaydigan narsalarga sarflashadi va keyin ro`zg`origa puli qolmasligi haqida hatto o`ylashmaydi. Albatta, eb-ichishiga ular pul ishlay oladi, boshqa ortiqcha narsaga emas.

9 o`rin — Tarozi
Tarozilar pulni yomon ko`rishadi. Ular pulda hech qanday yaxshi narsa yo`qligiga ishonchi komil. Ular uchun pul ishlab topishga urunish —pastkashlik! Shunga qaramay Tarozilar hashamatli hayotni sevishadi, ammo o`zlari buni yashirishadi. Atrofdagilarga esa haqiqiy rassom och bo`lishi kerak deb uqtirishadi.

8 o`rin — Egizaklar
Egizaklar — pul topishga usta, ammo saqlab qolishga emas. Qo`llariga qandaydir summa tushishi bilan, Egizaklarning qo`llari uyushadi — ularni tezroq sarflashi kerak! Kim bilsin nima bo`ladi!

7 o`rin — Buzoq
Buzoqlar chin dildan kambag`allashishni yaxshi ko`rishadi. Ular har qanchalik harakat qilishmasin, ammo koinot go`yoki ularga boyishga yo`l qo`ymayotganday. Qizig`i, pul Buzoqlarda bor, ammo ularning shinam hayoti uchun etadi xolos. Buzoq qanchalik tirishmasin, ortiqcha narsaga ortirolmaydi.

6 o`rin — Arslon
G`ururli Arslonlar uchun pullar boshqalarning ko`ziga cho`p tiqish uchun kerak. Ko`rinishidan Arslonlar doim omadli va boy, dabdabali restoranlarda tushlik qilishadi (uyda makaron eyishadi), shaharning nufuzli tumanida yashashadi va zamonaviy kiyinishadi. Odatda Arslonlar odamlarning ko`zida boy tuyulishga urunishadi.

5 o`rin — Saraton
Saratonlarga pul kerak. Shunchaki kerak emas, KERAK. Nima uchun? deb so`rang: “Menga kerak!” Umuman olganda bu yaxshi hislat, ahir Saratonlar hamma narsani uyga tashiydi. Kerak yoki yo`qligini keyin aniqlab oladi.

4 o`rin — Qo`y
Qo`ylar xavfli va qaltis pulli ishlarga qo`l urishni yaxshi ko`rishadi. Odatda ular juda katta pulli bo`lib, kunlarining ohirigacha ulardan ajralishmaydi. Eng quvonchlisi ularning o`limidan keyin bo`ladi. Qo`ylarning me`rosxo`rlari — vagon va kichkina aravachada, me`ros esa yo`q!

3 o`rin — Tog` echkisi
Tog` echkilari bolaligidan kopilkalarini to`ldirish san`atini o`rganishadi: yoki ko`p topish kerak, yoki kam sarflash. Tog` echkilari ikki jabhada ham omadga erishishadi. Ular kam sarflashadi, ko`p yig`ishadi. Ular pulni arzimagan narsaga sarflashdan ma`ni ko`rishmadi, undan ko`ra, o`sha pulni o`zlarini rivojlantirishga sarflashadi, keyin ko`p pul topish uchun. Tog` echkilari uchun pul — hashamat emas, vosita.

2 o`rin — Chayon
Chayonlar fahrli ikkinchi o`rinni egallashadi, sababi juda ham pul yaxshi ko`rishadi, yutkazishni yomon ko`rishadi. Moliyaviy barqarorlik uchun ular raqiblarining boshida ham yurishadi. Moliyaviy mustaqillikka Chayonlar katta yoshda erishadilar va bir nechta avlodlariga etadigan boylik qoldiradilar!

1 o`rin — Sunbula
Vanihoyat birinchi o`rin! — Sunbula. Moliyaviy barqarorlikka ular shaxsiy zohidlik va mehnatsevarliklari natijasida erishadilar. Sunbula — bu arzon shim kiyib, hech narsadan hijolat bo`lmaydigan milliarder. “Farqi nima oddiy djinsi!”

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.09.2017 11:53
- Категория: Psixologiya
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz