Saytni Yuklab bo'lmadi
Скачать эту песню
Subxan & Shahnoza - Oq Bulut

«Jonim, nadur oq bulut?»
«Ayta qolay, quloq tut!
U bir toshqin daryodir,
Ro‘yo emas, ziyodir
Bag‘ri to‘la oq bulut!»

«Nedir mo`jiza, jonim?»
«Yerning tog‘i, o‘rmoni.
Bizniki butun olam,
Aslida, xayol qilsam,
Shudir mo`jiza, jonim.»

«Sensiz bahormas bahor,
Hatto quyosh – dilozor,
Hajringda ko‘ksim aro
Tunlarim – bedor.
Sen bo‘lsang-chi yonimda - »

«Sen bo‘lsang-chi yonimda - »
«Sen bo‘lsang-chi yonimda - »
«Sen bo‘lsang-chi yonimda - »
«Mendan baxtli odam yo‘q
Butun olamda!»

«Jonginam, nadur osmon?»
«Ko‘zlaringdir mehribon,
Boqishi jonga ofat,
Undan yo‘qdir halovat,
Ana shu – asli osmon.»

«Nadur, jonim, sukunat?»
«Bu ajib nozli xilqat,
Vasli yor sayr etarlar,
Sevishganlar sayr etar,
Shudir, jonim, sukunat.»

«Sensiz bahormas bahor,
Hatto quyosh – dilozor,
Hajringda ko‘ksim aro
Tunlarim – bedor.
Sen bo‘lsang-chi yonimda - »

«Sen bo‘lsang-chi yonimda - »
«Sen bo‘lsang-chi yonimda - »
«Sen bo‘lsang-chi yonimda - »
«Mendan baxtli odam yo‘q
Butun olamda!»

«Sen va men, bu ne ma`no?»
«Bahordagi gul ra`no,
Hatto yashnab qish chog‘i,
Yorga ochar quchog‘in.
Ana shu – senu men!»

«Ana shu – senu men!»( 2x)

Поделись с друзьями:


- Добавлен: Moqina.Net
- Качество: 44 kHz, 128 kbps, Stereo
- Дата публикации: 23.02.2017 19:30

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz