Saytni Yuklab bo'lmadi
Исследование
Internetdagi suhbatdoshingizdan uning xabarini o‘qiganingizni qanday yashirish mumkin?
Mobile Savol-Javob!
Barcha Bilishi Uchun!


Ko‘pchilikka bu holat tanish: internetda suhbatdoshingiz sizga yozib yuboradi, lekin unga darhol javob berishga tayyor emassiz. Suhbatdoshingiz xabar o‘qilganini ko‘radi va orada noqulay vaziyat yuzaga keladi.

 

Bunday vaziyatlarning oldini olish maqsadida “Layfxaker” bir qator mashhur ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda xabar o‘qilganini yashirish sirlaridan voqif etdi.

Messages, iMessages

Bu maslahat iPhone foydalanuvchilariga tegishli. Sozlamalarga kiring, u yerdan “Xabarlar” bandiga o‘tib, “O‘qilganlik haqida hisobot” punkti qarshisidagi tugmani o‘chirib qo‘ying.

 
 

Mac’da bu amal quyidagicha bajariladi: “Xabarlar” → “Sozlamalar” → “Akkauntlar”, u yerda “O‘qilganlik haqida hisobot” punkti qarshisidagi belgini olib tashlang.

 

Facebook

Agar Google Chrome brauzeridan foydalansangiz, Facebook Unseen kengaytmasini yuklab oling. U suhbatdoshingizning xabarini o‘qiganingizni berkitish imkonini beradi.

 

Adblock Plus kengaytmasi ham shunday funksiyaga ega.

Ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasida hozircha o‘qilganlik maqomini berkitish yo‘li yo‘q.

WhatsApp

Ushbu messenjerda suhbatdoshingiz xabarni o‘qiganini bildiruvchi qo‘shaloq galochka amal qiladi. Ammo buni chetlab o‘tishning imkoni bor — Android APK. Bu dastur hozircha beta-versiyada bo‘lib, faqat Android foydalanuvchilariga moslashgan.

Dastur o‘rnatilgach, sozlamalardan “Akkaunt” menyusini toping, u yerdan “Privatlik” bandiga o‘tib, “O‘qilganlik haqida hisobot” qarshisidagi galochkani olib tashlang.

 
 
 
 

iOS foydalanuvchilari moslashgan versiyaning chiqishini biroz kutishga to‘g‘ri keladi.

Viber

“Sozlamalar” → “Konfidensiallik” → “‘Ko‘rilgan’ holatini yuborish” bandi qarshisidan galochkani olib tashlang.

 

iPhone egalari uchun ham shu sxema amal qiladi.

 

“VKontakte”

Agar ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz pochtaga ulangan bo‘lsa, elektron manzilingizga har bir postingdan so‘ng xabarnoma keladi. Xabarnomada posting matnini to‘liq o‘qish mumkin, bunda matnni yo‘llagan odam o‘qilganlik maqomidan ogohlantirilmaydi.

Bu usulning bir nechta kamchiligi bor. Birinchidan, xabarnoma darhol yetkazilmaydi — 15 daqiqacha kutishga to‘g‘ri keladi. Ikkinchidan, bir yo‘la bir necha foydalanuvchi sizga yozib yuborgan bo‘lsa, unda umumiy xabarnoma keladi, va har bir xabar bilan tanishish uchun saytga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, umumiy chatlarga xabar yo‘llanganda, bundan pochta orqali boxabar etilmaysiz.

 

Outlook

“Servis” → “Parametrlar” → “Pochta parametrlari” → “Kuzatish parametrlari”. “Hech qachon javob yo‘llamaslik” bandini tanlab, “OK” tugmasini bosing.

Поделись с друзьями:


- Дата публикации: 02.05.2016 22:23
- Система: Barcha Bilishi Uchun!
Рекомендуем
Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz