Saytni Yuklab bo'lmadi
Исследование
iOS’dagi kontaktlarni Androidga qanday o‘tkazamiz?
Mobile Savol-Javob!
Android Uchun!


Ko‘p hollarda Apple qurilmalari foydalanuvchilari Android-smartfonlarga o‘tib olishadi. Bunda duch kelinadigan asosiy muammolardan biri – oldingi gadjetda saqlanayotgan kontaktlarni yangisiga ko‘chirib o‘tkazish. Keling, shuni qanday amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz.

  1. Buning uchun nima kerak?

Birinchi navbatda, Apple qurilmalarini o‘zaro sinxronizatsiya qiladigan «bulutli» servis – iCloud’da akkauntingiz borligini tekshiring. Agar yo‘q bo‘lsa, albatta akkaunt ochib oling – bu ko‘p vaqt olmaydi, lekin mazkur xizmat juda asqotadi.

  1. Kontaktlarni bitta faylga yig‘amiz

Demak, iCloud akkaunt yaratib oldik, endi veb-interfeys orqali «Contacs»ga kiramiz. U yerda barcha kontaktlarni belgilab olib, keyin pastki chap burchakdagi «shesternya» belgichasini bosamiz. Qalqib chiqqan menyudan «export vCard» amalini tanlaymiz.

Shu tariqa biz qurilmamizdagi barcha kontaktlarimizni bitta faylga o‘tkazib oldik.

  1. Android’ga uzatamiz

Endi mana shu vCard faylini o‘zimizning Android tizimli yangi smartfonimizga ko‘chirib olamiz. Buni turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin: pochta orqali o‘zimizga jo‘natish, Bluetooth yoki USB-kabel orqali o‘tkazish va hokazo.

Endi qurilmamizda kontaktlar menyusiga kirib, mazkur vSard faylidan kontaktlarni import qilsak bo‘lgani.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur amallar kontaktlarni ko‘chirishning juda oson, tez qilinadigan va ishonchli yo‘lidir.

Поделись с друзьями:


- Дата публикации: 04.02.2017 21:36
- Система: Android Uchun!
Рекомендуем
Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz