Saytni Yuklab bo'lmadi
Исследование
Usmon Nosir Sherlari
O'zbekcha Java Kitob
Uchun!


Usmon Nosir Haqida: 30-yillarda ko'zga ko'ringan va el og'ziga tushgan iste'dodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo'qondagi bolalar uyida o'tgan Usmon o'rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi. Usmon Nosirning ilk she'rlari maktabda o'qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko'rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she'riy to'plamlari, «Norbo'ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida A. S. Pushkinning «Boqchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlari o'zbek kitobxonlarining qalbiga etib borgan. Jo'shqin iste'dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag'on davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini sho'ro lagerlarida azob-uqubatda o'tkazib, 1944 yili vafot etgan. Usmon Nosir 1937 yilning 18 iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga to'lmagan edi. Xuddi shu damlarda u A. S. Pushkinning «Boqchasaroy fontani» dostonini tarjima qilish bahonasida Moskvada ulug' shoir tavalludining 100 yilligida ishtirok etishga muyassar bo'lgan. Xususan, u tarjima qilgan «Ulug' kun» Hamza teatrida muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. «Vatan haqida qo'shiq» (Mutal Burhonov musiqasi) Moskvada ilk bor o'tkazilgan O'zbekiston san'ati o'n kunligida ijro etilganda gulduros qarsaklar bilan qarshi olingan. Fojiani qarangki, buyuk iste'dodning ana shunday kamolotga ko'tarilgan bir davrida uni sovet davlatining qatag'on siyosati ayamadi.

Поделись с друзьями:


- Дата публикации: 24.02.2015 00:23
- Тип Формат: jar
Рекомендуем
Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz