KETING! Uzilsin ul yolg'on rishtalar, Kumush tangalarga cho'milgan tunda. Hijron tirnoqlari bilan timdalar, O'zi ogrib turgan ko'nglimni kunda. KETING! Ko'zimga bir qatm ilinsa uyqu. O'limga barobar bo'lgan onimda. Uyg'onib,tush deya uylayin sizni. Firoq yotgan bo'lsin yonimda. KETING! Yozaveray yig'loqi she'rlar. Ming tilga o'girsin ularni tilmoch. Siz go'yo aldamchi bahorim mening. Men kechikib kelgan qaldirg'och. KETING ! Men qaytadan kelay dunyoga. Qaytadan bitildin taqdiri azal. Qirg'ichda qirilib yashamoqlikdan. Qorda qaldirg'ochdek jon bermoq afzal. KETING! O'tinch emas, bu qat'iy qaror. Ishq tug'ib,voz jechib ketgan bolaman. Dunyoim edingiz... Bevafo dunyo! ENDI BU DUNYODA QANDAY QOLAMAN?!