Nega yig'layapsiz
Nega yig'layapsiz

- Nega yig'layapsiz?
- Hayotdan
charchadim.
- Nega yig'layapsiz?
- Hayotga to'ymadim.
- Nega yig'layapsiz?
- 10 yil bo'ldi tirnoqqa zorman,
Xudo farzand bersaydi.
- Nega yig'layapsiz?
- 4 o'g'il 3 qizim bor, o'zim hozir
qariyalar uyidaman,
nevaralarimni sog'indim.
- Nega yig'layapsiz?
- "begunoh", o'g'limni qamab
qo'yishdi, nomardlar.
- Nega yig'layapsiz?
- O'g'lim ozodlikka chiqdi,
aministiya bilan uni avf etishdi.
-Nega yig'layapsiz?
- Qizimni uzatdim...
- Nega yig'layapsiz?
- Qizim 2 bolasi bilan eridan
ajrashdi.
- Nega yig'layapsiz?
- Arzimagan oylikka 3 km piyoda
yo'l bosib ishga qatnayman,
qadrimga...
- Nega yig'layapsiz?
- Nogironlar aravachasida 10
yildan buyon o'tiraverib tamom
bo'ldim, eng katta orzuyim
sevganim bilan piyoda sayr qilish.
- Nega yig'layapsiz?
- Rosa qimmatchilik, birinchi
mashinamni 20 mln. ga olgandim,
yana bitta oldim, qimmat 25 mln.
so'm.
- Nega yig'layapsiz?
- Eng qimmat, so'ngi rusumdagi
smartfonim suvga tushib ketdi.
- Nega yig'layapsiz?
- Ko'zlarim ko'rmay qoldi.
- Nega yig'layapsiz?
- Dunyo razilliklarini ko'raverib.
- Nega yig'layapsiz?
- Ro'zg'or qiyinchiliklari ezib
yubordi.
- Nega yig'layapsiz?
- Pulim ko'p ammo quvonch,
halovatim yo'q.
- Nega yig'layapsiz?
- Men aktyorman, rejissiyor
shunday buyurdi.
- Nega yig'layapsiz?
- Juda ta'sirli kino ekan, yuragim
to'lib ketdi.
- Nega yig'layapsiz?
- O'g'lim armiyadan qaytmadi, 2
yil bo'ldiku. (1980-1986-yillar)
- Nega yig'layapsiz? - O'g'lim
Rossiyadan qaytmadi, 5 yil
bo'ldiku. (2000-2016-yillar)
- Nega yig'layapsiz?
- Orzuyim mashina minish, lekin
velosipedim ham yo'q.
- Nega yig'layapsiz?
- Kaptivamni urib oldim, nogiron
bo'lib qoldim, endi vilosiped ham
minolmayman.
- Nega yig'layapsiz? Yig'i siz
uchun qanchalik ahamiyatga ega,
u sizga yordam beradimi?
Поделись с друзьями:
- Добавлен: Malika
- Дата публикации: 03.04.2016 18:17