Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Hindistonda suv parisiga o`xshash bola dunyoga keldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Saxaranpur shahrida 22 yoshli ayol kamdan-kam uchraydigan sindrom, oyoqlari qo`shilib ketgan, suv parisiga o`xshash bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda “Topnews.ru” nashri xabariga asoslanib �Darakchi� ma’lumot bermoqda.

Chaqaloqning tanasi baliqning tanasini, qo`llari suzg`ichni eslatadi. U bor-yo`g`i 10 daqiqa umr ko`rdi. Bolaning onasi homiladorlik vaqtida hech nimadan shikoyat qilmagan, faqat so`nggi ultratovush tekshiruvi bolaning buyraklari rivojlanmaganini ko`rsatgan.

Chaqaloqning bunday tug`ilishiga onasining ko`p miqdorda dori-darmon iste`mol qilgani, vitamin tanqisligi, genetikasi va qon aylanishida muammolar bo`lgani sabab bo`lgan. Bunday holda jarrohlik operasiyasi o`tkazishning hech qanday iloji yo`q, ba`zi bir hollardagina buyrakni ko`chirib o`tkazish mumkin, ammo bu narsa bolaning hayotini saqlab qolishga kafolat bo`la olmaydi.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 06.05.2016 23:09
- Категория: Kun Yangiliklari!, Insoniyat Haqida Faktlar
Рекомендуем
bechara chaqaloq
мужиза
Xayratlanarli.
Allohni irodasi . Joyi jannatdan bolsin

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz