Saytni Yuklab bo'lmadi

Malayziyalik 63 yoshli fermer Ibrohim Basirning uyida yuzi inson yuzini eslatuvchi uloqcha dunyoga keldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabariga asoslanib �Darakchi� ma’lumot bermoqda. Ibrohim Basir bu voqeadan hayron, qolaversa, inson qiyofali tuyoqli jonivorning birinchi marta tug`ilishi emas.
“Uloqcha echki bolasidan ko`ra, ko`proq tanasi jun bilan qoplangan inson bolasini eslatadi. Tumshug`i o`rnida odam burnini, ko`zini eslatadigan a`zolari mavjud”, —dedi Ibrohim Basir.
Erkak uloqchani veterinarlarga ko`rsatganda, ular ham bu voqeaga izoh berolmagan. Afsuski, uloqchaning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmagan. U tug`ilgandan keyin atigi bir necha daqiqa yashagan. G`ayrioddiy uloqcha haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalganligi sababli, uloqchaning jasadini sotib olmoqchi bo`lgan qiziquvchilarning soni ko`payib ketgan. Ammo fermer g`aroyib uloqchaning jasadini tadqiqot ishlarini o`tkazish uchun mutaxassislarga topshirgan.