Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Xonanda Sharof Muqimov yangi klipiga Ishanini taklif qildi

Xonanda va aktyor Sharof Muqimov o‘zining “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘i klipini o‘zbekistonliklargaHindistonning “Senga oshiqman” nomli serialidagi Ishani obraz orqali tanish aktrisa — Radhika Madan ishtirokida ishlamoqchi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

Qayd etish joiz, “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilgan “Senga oshiqman” seriali juda mashhur bo‘lib ketgan. Xususan, serial ta’sirida ba’zi ota-onalar o‘z farzandiga Ishani deb ism qo‘ygani haqida ham xabar berilgan edi. Keyinroq, OAV monitoringi markazi “serial g‘oyasi xalqimiz mentalitetiga, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lib, uning mazmuni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi” haqida xulosa bergani ma’lum bo‘lgandi.

Ayni vaqtda, Sharof Muqimovning klipi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.

— Yangi klipingizda rostdan ham “Senga oshiqman” serialida Ishani rolini ijro etgan Radhika Madanni o‘ynatmoqchimisiz?
— Ha, shuni niyat qilganmiz. Klip “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘imizga ishlanadi. Klip voqealarining 50 foizi O‘zbekistonda, qolgan qismi esa Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan. G‘oya muallifi — rejissor Muzaffar Shams.

— Hindistonlik aktrisa klipingizda suratga tushishga rozi bo‘larmikin?
— Hindistonga besh marta borib, u yerdagi hamkorlarimiz bilan yaxshi aloqa o‘rnatganmiz. Bundan tashqari, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ham 100 foizlik va’da bergan. Hozirda shu masalani ijobiy hal qilish ustida ishlayapmiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.03.2016 23:57
- Категория: Kun Yangiliklari!
Рекомендуем
tezroq klip oling
Tezroq oling klipi
Intiqlik bilan kutamiz bu klipi
Zorku qani kutamiz klipi

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz