Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Tishlarni Oqartirish!

Tishlarni oqartirish va mustahkamlash uchun quyidagi amaliyotni takrorlab turish Sharq tabobatida tavsiya etiladi. Quruq tish cho‘tkasini quyuq smetana yoki yogurtga botirib, tishni tozalanadi. So‘ng 5 daqiqa o‘tgach, og‘iz chayiladi. Bu amaliyotni haftada bir marta, kun davomida 3-5 marta takrorlanadi.

Zamonaviyroq usuli sifatida esa smetana yoki yogurt o‘rniga quruq sut ishlatish ham mumkin. Sut va sut mahsulotlaridagi yuqori darajali kalsiy va sut kislotasi tishning emalini mustahkamlaydi va oqartiradi.

Yana bir usul – bu 8-10 kunda 1 marta tuz va osh sodasi aralashmasi (birga-bir nisbatda) bilan tozalash yaxshi foyda berishi mumkin. Faqat osh sodasiga ehtiyot bo‘ling, haddan ziyod foydalanish tish emaliga zarar.

Bundan tashqari, hozir sotuvda turli maxsus oqartiruvchi tish pastalari mavjud. Ularni shaxsiy gigiyena vositalari do‘konlaridan yoki dorixonalardan topishingiz va orasidan o‘zingizga mos kelganini tanlab, qutisida ko‘rsatilgan qo‘llanma bo‘yicha muntazam foydalanishingiz mumkin.

Agar sizning old tishlaringiz orasida sun’iy tish (koronka) bo‘lsa, oqartirishni tavsiya etmaymiz. Bunday holda sun’iy tish boshqalaridan yaqqol ajralib qoladi.

Ba’zi manbalarda tishlarni perekis vodorod yordamida oqartirish xaqida tavsiyalar berilgan. Lekin buni maslahat bermaymiz, chunki bu ximik modda, o‘z tajribasida sinab ko‘rgan odamlarning fikricha, tish emaliga va milklarga zarar yetkazishi ehtimoli bor.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 09.05.2016 13:31
- Категория: Salomatlik va Tibbiyot
Рекомендуем
malumot ishonarli

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz