Saytni Yuklab bo'lmadi
Pardoz katta mo’jizalarga qodir, ko`p qizlar yuzlari ustida soatlab bosh qotirishadi. Ammo tabiiy savol yuzaga keladi: erkaklar bunday narsaga qanday qaraydi?
AdMe.ru internetdan ushbu savolga javob topdi va ajoyib natijalarni qo`lga kiritdi. Mana erkaklarga ayollar pardozida yoqadigan 10 qirra.
Ko`pchilik erkaklar ayollar ko`zidagi mana shu nafis chiziqni yoqtirishini ma`lum qilgan. Eng universal rang esa qora.
Har bir ayol terisi go`zallik va salomatlikdan porlashini istaydi. Erkaklar ham bu narsaga befarq emas. Shu sababli har qanday pardozda birinchi galdagi narsa shu.
Engil tusdagi qizil yonoqlar teriga sog`lom ko`rinish bahsh etadi, ammo bu borada oshirib yubormaslik kerak. Tabassum qiling, yuzingizgi biroz qizil tus bering — siz dunyoni zabt etishga tayyorsiz.
Psixologlar qizil rang inson ongida yoshlik va maftunkorlik timsoli ekanligini ta`kidlashadi. Aksariyat erkaklar aynan mana shu lab bo`yog`iga e`tibor qaratishadi.
Asosan jigarrang, shaftoli rang, kul rang tusdagi tenlar qarashlaringizni maftunkor qiladi.
Ayollarning obrazida erkaklar qadrlaydigan eng asosiy narsa tabiiylik. Juda qalin qilib bo`rttirib bo`yalgan qoshlar erkaklarga yoqmaydi.
Afsuski tonal kremning qalinligi yuzingizdagi hamma kamchiliklarni yashira olmaydi, shunchaki yuzingizni suvalgan qilib ko`rsatadi. Tonal vositalarni engil tekstura bilan surting — BB va CC kremlar yuzni tekislaydi va unga sog`lom ko`rinish bahsh etadi.
Ko`zlarni smoki ayz usulida pardoz qilib, kulgili ko`rinishga kelmaslik hammaning qo`lidan kelmaydi. Ammo haqiqiy ustasi bu ishni juda mahorat bilan bajarib maftunkor bo`la oladi.
Yana bir muhim jihat haqida aytib o`tish lozim: erkaklar yopishqoq teksturani va lablarning yaltirashini u qadar yoqtirishmaydi. Mayin, krem pomada va balzamlar xit-paradda yuqori pog`onalarni zabt etadi.
Har bir erkakka yoqishi mumkin bo`lgan asosiy jihat bu go`zalligingizni yana bir bor ta`kidlab turuvchi tabiiy pardozdir.
Darvoqe, hech qanday zamonaviy pardoz samimiy tabassum va baxtli ko`rinish o`rnini bosolmaydi.