Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Meksikancha retsept asosida ....

Zarur masalliqlar: Xamirga: 200 gr un, 100 ml iliq sut, 3-4 choy qoshiq xamirturush, 1 dona tuxum, 30 gr sariyog', ta'bga ko'ra tuz va shakar. Bezak uchun: kunjut.

 Qiymasiga: 200 gr qiymalangan go'sht, 1 tadan bosh piyoz, pomidor, qizil bulg'orqalampiri, bir bo'lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq kungaboqar yog'i, ko'katlar, 4 osh qoshiq konservalangan makkajo'hori, ta'bga ko'ra tuz va murch.

 1.Un va xamirturushni aralashtiring. Sut, shakar, tuz va eritilgan sariyog'ni ham qo'shing. Tuxum oqini xamirga solib, sarig'ini alohida idishga olib qo'ying. Masalliqlarni aralashtirib, xamir tayyorlang-da, ko'tarilishi uchun qoldiring.

 2. To'rtburchak shaklda to'g'ralgan bulg'or qalampiri, piyoz va pomidorni 3-4 daqiqa davomida yog'langan tovada qovuring.

 3. Masalliqlarga go'shtni qo'shib, qovurishni davom ettirasiz. So'ng makkajo'hori, sarimsoqpiyoz, tuz va zirivorlar solinadi. 2-3 daqiqadan keyin olovni o'chirib, to'g'ralgan ko'katlarni qo'shasiz-da, dimlaysiz.

3. Xamirni kichik zuvalachalarga ajratib chiqing. har birini dumaloq shaklda yoyib, ichiga qiymani soling-da, tuging. Kulcha yuzasiga atalangan tuxum sarg'ini surtib, kunjut sepasiz. Pishiriq 190 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo'yiladi.

 Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.

 8 kishilik.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 11.01.2016 11:39
- Категория: Pazandachilik Sirlari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz