Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Qulupnaydan syurpriz! Tortmi bu yo muzqaymoq?!

Zarur masalliqlar: 250 gr. qulupnay, 150 gr. pechenye, 100 gr. sariyog‘, yarim piyola kokos qirindisi, 2 dona tuxum oqi, 1 stakan shakar, 1 osh qoshiq limon sharbati, vanilin, yarim choy qoshiq dolchin, kardamon.

Tayyorlanishi: 1. Pechenьyelarni maydalaymiz. Kokos qirindisini qo‘shamiz. Keyin xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ va dolchinni solib, yaxshilab aralashtiramiz.

2. Aylana shakldagi qolipga pishiriq qog‘ozini yoyib, pechenyeli aralashmani soling. Bir tekis qilib tekislab, muzxonaga qo‘ying.

3. Qulupnaylarni maydalab to‘g‘rang. Chuqurroq idishga solib, shakar, vanilin, tuxum oqi, limon sharbati va vanilinni qo‘shing. Istakka ko‘ra ozgina kardamon qo‘shish ham mumkin. So‘ngra mikser bilan yaxshilab aralashtiring. To masalliq uch karra ko‘payguncha aralashtirishdan to‘xtamang.

4. Qulupnayli aralashmani tort ustiga solib, yana 4 soat muzlatkichda qoldiring. Tortni qulupnay mevasi va kokos qirindisi bilan bezang.

8 kishilik

5 soat

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 18.05.2017 19:04
- Категория: Pazandachilik Sirlari!
Рекомендуем

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz