Saytni Yuklab bo'lmadi
Ko'zdan Kechirish
Erkak kishi yolg’on gapirayotganini qanday aniqlash mumkin?

“Meni alda” serialidagi doktor Laytmanning fikriga ko’ra, rostgo’ylik va baxt tushunchalari bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lib, birisiz ikkinchisini tasavvur qilish mushkuldir. Biz esa rostgo’y va samimiy yigitlar va erkaklar bu dunyoda hali ko’p, deb hisoblaymiz. Shunday bo’lsa ham, bilib qo’yganimiz yaxshi - erkaklar ko’pincha quyidagi holatlarda yolg’on ishlatadi: 

Og’izni qo’l bilan yopadilar

“Dadasi, ishdan so’ng futbolga siz bilan yana kimlar bordi degandingiz?” Savolga javob qo’l bilan og’izni yopgan tarzda berilsa, eringiz: “Ishqilib bilib qolmasin-da” degan xayolni boshdan o’tkazayotgan bo’ladi.

Qovoqlarni artadilar

Yaxshi ko’rgan insoningizdan yaqin kelajakda qanday rejalari borigi haqida so’radingiz, u esa qovog’ini artgancha chiroyli to’y va marosimlar-u, yangi hayot, sizni anchadan beri izlagani va nihoyat topgani haqida so’zlay boshladimi? O’ylab ko’ring, uning so’zlari samimiy emasdir? Munosabatlarga oydinlik kiritish sizning vazifangiz.

Barmoqlar og’izga yaqin keladi

Yolg’onchi o’z nosamimiyligidan aziyat chekib, vijdoni qiynalganda beixtiyor qo’l og’iz tarafga qarab ketadi. Bu kabi noodatiy harakatlar erkak o’zini himoya qilishga va tinchlanishga urinayotganidan dalolat beradi. Burunga qo’l uchlari bilan teginib, qashlaydilar. Yolg’onchilar so’zlashayotganda ko’pincha burunga teginishadi. Bu adrenalin miqdorining ortishi sababli yuzaga keladigan tabiiy holatdir. Bu yerda mashhur mult qahramon Pinokkioni eslashning o’zi kifoya.

Ko’ylak yoqasini ushlaydilar
Tajribasiz yolg’onchilar aksariyat hollarda ko’ylak yoqasiga teginib qo’yib, o’zlarini “sotib” qo’yishadi. Bundan tashqari, erkaklar yolg’onni yashirish uchun galstugini yoki ko’ylak tugmachasini to’g’irlashi ham mumkin.

Bo’yinni qashlaydilar

“Bu hafta dam olish kunlari balki, otamnikiga borib kelarmiz?”, degan savolingizga “ha” desa-yu, ammo bo’yinni qashlab tursa, erkak kishi fikringizga qo’shilmaganini anglatadi. Shuning uchun bergan taklifingizdan boshqasini o’ylab ko’rishni tavsiya qilamiz.

Quloq solinchagiga teginadilar

Bunday harakat suhbatdoshingiz siz bilan samimiy emasligini bildiradi. Agar qo’l bilan quloqni yopgandek harakatni kuzatsangiz, suhbatdoshingiz sizga ishonmayotganini bilish mumkin.

So’ngso’z o’rnida munis ayol va qizlarimizga eslatib o’tsak: faqatgina yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib erkak kishini yolg’onchilikda ayblash mutlaqo noto’g’ri, shunday ekan biror insonga baho berishda bilganlaringizga va amaldagi faktlarga ko’ra xulosa chiqarishni maslahat beramiz.

Поделись с друзьями:

- Добавлен: Moqina.Net
- Дата публикации: 04.09.2017 11:53
- Категория: Ayollarga Maslahat!, Qizlarga Maslahat, Psixologiya
Рекомендуем
Bulmagan gapga uxshayapti

Izoh yozib qoldirishni unutmang, sizning izohingiz bizning ishlash darajamizni oshiradi.

Имя:
Почта:
Код:

Реклама LOWER
НАЗАД
ГЛАВНАЯ

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 19.00

Мы в социальных сетях:


Создать бесплатный сайт с uCoz